«sardoba» tegli maqolalar


“Vatanimga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi”. Qo‘shiqchi Laylo — “Home” qo‘shig‘i va uning klipi haqida
25 yanvar 2024, 16:09

“Vatanimga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi”. Qo‘shiqchi Laylo — “Home” qo‘shig‘i va uning klipi haqida

Toshkentlik qo‘shiqchi Laylo Rixsiyeva (Laylo)ning ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Home” klipi internetda tez mashhur bo‘ldi. “Gazeta.uz” u bilan qo‘shiq qanday yaratilgani, videodagi kadrlarda nima haqda so‘z borgani, shuningdek, uning bastakor Yunus Rajabiy bilan qanday bog‘liqligi borligi to‘g‘risida gaplashdi.

Sardobada hojatxonadan telefonini olib chiqmoqchi bo‘lgan uch kishi vafot etdi
27 aprel 2023, 23:32

Sardobada hojatxonadan telefonini olib chiqmoqchi bo‘lgan uch kishi vafot etdi

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida hojatxonaga tushib ketgan telefonni olishga uringan bir oilaning uch nafar a’zosi halok bo‘ldi.

«Sardoba ishi» bo‘yicha yana 29 kishiga sud hukmi o‘qildi
20 sentabr 2022, 14:14 1

«Sardoba ishi» bo‘yicha yana 29 kishiga sud hukmi o‘qildi

Sardoba suv omborini loyihalashtirish va qurilishiga mas’ul bo‘lgan yana 29 kishiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Ularning 3 nafari 5 yildan 10 yilgacha qamaldi, qolgan 26 nafari esa jarimaga tortildi. Ularga shuningdek, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash taqiqlandi.

Guliston universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18 avgust 2022, 14:46

Guliston universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Sirdaryoning Sardoba tumanida fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida $10 ming evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Buxoroda esa ikki fuqaroning tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritish maqsadida $400 olgani aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Sardoba suv ombori Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi
1 mart 2021, 11:56

Sardoba suv ombori Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi

Sardoba suv ombori xavfsiz eksplutatsiya qilinishi maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Xarajatlar to‘liq respublika byudjetidan qoplanishi ma’lum qilindi. Rekonstruksiya ishlariga tajribaga ega xorijiy va mahalliy ekspertlar, loyihachilar jalb qilinmoqda.

Sardoba suv ombori qayta quriladi
16 fevral 2021, 11:38

Sardoba suv ombori qayta quriladi

Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Nasrullo Boboyevning xabar berishicha, Sardoba suv omborini qayta tiklash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining yopiq qarori qabul qilingan va izlanishlar yakunlangach, to‘g‘onni tiklash ishlarini ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan.

Sardoba toshqinidan jabr ko‘rganlarga uy ajratilishi bo‘yicha 724 ta murojaat rad etilgan
28 yanvar 2021, 18:11

Sardoba toshqinidan jabr ko‘rganlarga uy ajratilishi bo‘yicha 724 ta murojaat rad etilgan

Sardoba toshqinidan jabr ko‘rganlarga uy-joylar taqsimlanishida birinchi navbatda hujjatlarida muammosi bo‘lmagani uchun 1430 ta xonadon egalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan. Muammo va kamchiliklari bo‘lgan 724 ta hujjatlar Xalq deputatlari tuman Kengashlari sessiyalarida ko‘rib chiqilib, sessiya qarorlariga asosan uy ajratilishi rad etildi.

Sardoba toshqinidan jabrlangan aholi uchun qurilgan uylar narxi 855,4 mlrd so‘mni tashkil etdi
28 yanvar 2021, 18:02

Sardoba toshqinidan jabrlangan aholi uchun qurilgan uylar narxi 855,4 mlrd so‘mni tashkil etdi

Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan 4790 nafar xonadon egalariga 186,6 mlrd so‘m moddiy yordam mablag‘lari plastik kartalarga tushirilgan. Toshqin oqibatida uy-joylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun shartnoma bo‘yicha 855,4 mlrd so‘mga teng 2640 ta xonadonli 86 ta ko‘p qavatli turar joy qurilgan.

«Sardoba ishi» bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi
25 dekabr 2020, 16:27 1

«Sardoba ishi» bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi

21 dekabr kuni sudlanuvchilar M. Xolmatov va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi.

Sardobaliklar uchun yangi qurilgan uylar «qur’a tashlash» yo‘li bilan taqsimlanadi
30 oktabr 2020, 09:54

Sardobaliklar uchun yangi qurilgan uylar «qur’a tashlash» yo‘li bilan taqsimlanadi

Sardoba ofatidan jabr ko‘rgan aholiga yangi ko‘p kvartirali xonadonlar «qur’a tashlash» yo‘li bilan taqsimlab beriladi. Avvaliga «yashil» yig‘ma jilddagi fuqarolar, keyinchalik «qizil» jilddagilar uylarga ko‘chirib o‘tkaziladi. Aholi doimiy ish bilan ta’minlanib, bolalar maktablarda chet tillari va IT sohasi bo‘yicha o‘qitiladi.

Abdulla Aripov Sirdaryoda — Sardobaliklar uchun yangi qurilgan uylar ko‘chib o‘tishga tayyor
29 oktabr 2020, 22:19 1

Abdulla Aripov Sirdaryoda — Sardobaliklar uchun yangi qurilgan uylar ko‘chib o‘tishga tayyor

Hukumat rahbari Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Sardoba texnogen falokatidan zarar ko‘rgan aholi uy bilan birga doimiy ish o‘rniga ham ega bo‘lishini ta’kidladi. Yangi uylar ko‘chib o‘tishga tayyor va tez orada “qur'a tashlash” yo‘li bilan aholi o‘rtasida taqsimlanadi.

Prezident suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududda qurilgan «Yangi O‘zbekiston» mahallasini borib ko‘rdi
13 oktabr 2020, 15:43

Prezident suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududda qurilgan «Yangi O‘zbekiston» mahallasini borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridan zarar ko‘rgan hududlardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga keldi. Davlat rahbari «Yangi O‘zbekiston» mahallasida bo‘lib, «Agar xalqimizga ma’qul bo‘lsa, bunday uylarni boshqa hududlarda, aholi zich shaharlarda ham quramiz», — dedi.

«Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi
27 iyul 2020, 15:51

«Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi

Soxa mutaxassislaridan iborat 30 kishilik komissiya tekshiruvidan so‘ng «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining o‘pirilish sabablari aniqlandi. Loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida qatnashgan 9 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilib, qamoqqa olingan. Hozirda qurilishga sarflangan mablag‘larning asosliligi o‘rganilmoqda. Dastlabki tergov muddati 5 oyga uzaytirildi.

Sardobada 18 yoshli fuqaro Captiva ag‘darilib ketishi oqibatida vafot etdi
24 iyul 2020, 22:18

Sardobada 18 yoshli fuqaro Captiva ag‘darilib ketishi oqibatida vafot etdi

Sardobada 18 yoshli fuqaro hech qanday hujjatlarsiz Captiva avtomobilini haydash vaqtida boshqaruvni yo‘qotdi va mashina ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting