«samarqand» tegli maqolalar


1 noyabr 2020, 14:03

Samarkand Half Marathon’da Sitora Hamidova O‘zbekiston rekordini yangiladi

Samarkand Half Marathon’da erkaklar orasida Toshkent viloyatidan Andrey Petrov finishga birinchi bo‘lib yetib keldi. Ayollar o‘rtasida esa surxondaryolik Sitora Hamidova yarim marafon bo‘yicha O‘zbekiston rekordini yangiladi, bundan avvalgi rekordni ham o‘zi o‘rnatgan edi.

31 oktabr 2020, 18:19

Ko‘mirdan tappi tayyorlayotgan bolalar bog‘chasi tarbiyachilari haqidagi xabarga izoh berildi

So‘nggi paytlarda maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari sifatsiz ko‘mirdan qo‘lbola briket tayyorlayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Ushbu masalaga MTV matbuot anjumanida aniqlik kiritildi.

8 oktabr 2020, 18:02

Samarqandda 15 kishi ehtiborsizlik oqibatida ovqatdan zaharlandi

Samarqandda xonadonlardan birida tuz o‘rniga natriy nitrat sepilgan tovuq kabobni iste’mol qilgan 15 kishi zaharlandi.

10 sentabr 2020, 23:27

Eri tomonidan tahqirlangan samarqandlik ayolga viloyat hokimligi ikki xonali uy ajratadi

Eri tomonidan ayovsiz kaltaklanib, «pampers» yedirilgan samarqandlik ayolga viloyat hokimligi tomonidan ikki xonali uy ajratiladi. Shuningdek, ayol salomatligini tiklab olganidan so‘ng ishga joylashtiriladi.

10 sentabr 2020, 15:31

Samarqand va Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko uchrashuvida Samarqand va Lvov o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

8 sentabr 2020, 23:31

Eri tomonidan kaltaklanib, «pampers» yedirilgan ayol bilan bog‘liq holat Senat nazoratiga olindi

Samarqandda eri tomonidan vahshiylarcha kaltaklanib, «pampers» yedirilgan ayol bilan bog‘liq holat Senat nazoratiga olingani xabar qilindi. Jabrlanuvchi esa zo‘ravonga nisbatan Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) va 110- moddalari (qiynash) bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini so‘ramoqda.

4 sentabr 2020, 16:25

Samarqandda tramvay direksiyasi mansabdorlari 1,2 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan

Samarqand shahar hokimligi qoshidagi «Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi» mansabdor shaxslari davlat korxonasining 1 mlrd 258,3 mln so‘m mablag‘ini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan. Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyat ishi ochilgan.

12 avgust 2020, 15:30

«Yoshlarning ovoziga quloq tutish juda muhim» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston prezidenti o‘z tabrigida pandemiya va boshqa muammolar sharoitida yoshlar ovoziga quloq tutish, ularning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda yoshlar ishtirokini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

5 avgust 2020, 13:09

Samarqand aeroporti rekonstruksiyasiga 62 mln dollar ajratiladi

Samarqand aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng o‘tkazish qobiliyatini soatiga 600 dan 1200 yo‘lovchiga oshiradi. Shuningdek, 22 ta havo kema uchun to‘xtash va uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi yakunlanmoqda.

13 iyul 2020, 18:00

Samarqandda tibbiyot chiqindilarni xavfsiz usulda yo‘q qilishga 1,5 mln yevro ajratildi

Yevroittifoq va Fransiya taraqqiyot agentligi Samarqandda tibbiyot chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish loyihasi uchun 1,5 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratdi.

7 iyul 2020, 11:00

Samarqandlik 61 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 61 yoshli samarqandlik bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 38 nafarga yetdi.

6 iyul 2020, 15:05

Samarqandda tug‘ilgan siam egizaklari vafot etdi

27 iyun kuni Samarqand viloyatida dunyoga kelgan siam egizaklari vafot etdi. Ularning o‘limiga nafas va yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting