«samarqand» tegli maqolalar


15 aprel 2021, 21:23

Samarqanddagi turizm markazi 2022 yilda foydalanishga topshiriladi

Prezident Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida barpo etilayotgan turizm markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda 8 ta mehmonxona, karvonsaroy, dam olish maskanlari bo‘ladi. Markazni 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

15 aprel 2021, 15:50

Prezidentga Imom Buxoriy ziyoratgohining yangi ko‘rinishi taqdim etildi — foto

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Majmua loyihasiga ko‘ra, u yerda katta masjid, to‘rtta simmetrik minora, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ziyoratchilar uchun 7 ta mehmonxona, 3 ta avtoturargoh, avtobekat, supermarket, bozorcha barpo etiladi.

15 aprel 2021, 10:42

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yo‘l oldi. Safar chog‘ida — shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan.

2 aprel 2021, 14:35

Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz — Erkinjon Turdimov

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand 2021 yil oxiriga qadar aholisi bir milliondan oshadigan shaharga aylanishini ma’lum qildi. Hokim «millioner shahar"larning o‘z statusi borligini, buning ahamiyatiga ham to‘xtalib, O‘zbekistondan aholisi ikki barobar kam bo‘lgan Qozog‘istonda uchta «millionli» shahar borligini misol qilib keltirdi.

24 mart 2021, 17:33

Samarqandda yangi maktab ochildi — bu viloyatdagi eng yirik maktab

Samarqandda deyarli 1700 o‘rinli yangi maktab foydalanishga topshirildi. Bu viloyatdagi eng yirik maktab hisoblanadi. Maktabda 60 ta o‘quv xonasi, ikkita sport zali, shuningdek, futbol, voleybol maydonlari va tennis korti mavjud.

20 mart 2021, 12:38

Samarqandda jurnalistga tahdid qilinishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi

Samarqandda Rossiyaga samolyot chiptalarini sezilarli darajada qimmatga sotilayotganini o‘rganayotgan Kun.uz muxbiriga o‘ldirish bilan tahdid qilindi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

5 mart 2021, 11:26

Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga kundalik reyslar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

3 mart 2021, 18:02

Samarqand va Saratov birodar shaharlarga aylandi

Samarqand va Saratov shaharlari hukumatlari birodarlashgan aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv imzolashdi. Kelishuv shaharlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

12 fevral 2021, 14:39

Samarqandda konservadan 5 kishi zaharlandi, bir kishi vafot etdi

Samarqand viloyatida 5 nafar fuqaro uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini iste’mol qilib zaharlandi. Ulardan 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro vafot etdi. Qolgan shaxslar jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.

11 fevral 2021, 16:34

Samarqandda 300 ming daraxt va butalar ekiladi

Samarqandning asosiy sayyohlik hududlarida 2022 yilda SHHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 300 mingga yaqin manzarali daraxt va butalarni ekish rejalashtirilmoqda.

4 fevral 2021, 12:29

Rossiya kompaniyasi Samarqandda transport sohasini takomillashtirishga ko‘maklashadi

SIMETRA kompaniyasi Samarqandda transportni rivojlantirish loyihasining bosh rejasini ishlab chiqadi. Ushbu reja avgust oyining ohirigacha amalga oshirilishi belgilanmoqda.

1 fevral 2021, 12:33

Maktab ta’miriga ajratilgan pullardan 631 mln so‘mni talon-toroj qilgan korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatida o‘rta ta’lim maktabining qurilish-montaj ishlari uchun ajratilgan pullar MCHJ rahbarlari tomonidan talon-taroj qilinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida yana bir jamiyat rahbarlari tomonidan 240,5 mln so‘m talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.

29 yanvar 2021, 10:47

Samarqandda 15 ming nafar fuqaro koronavirusga qarshi emlanishi kutilmoqda

Samarqand viloyati sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari hududda fevral oyining oxiri mart oyining boshida 15 ming nafar fuqaro emlanishini ma’lum qildi. Bunda, birinchilardan bo‘lib tibbiyot xodimlari va sog‘liqni saqlash tizimidagilar, surunkali kasalligi bor katta yoshdagi kishilar emlanadi. Bosqichma-bosqich tarzda maktab o‘qituvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalovchilari ham vaksina qabul qilishi kutilmoqda.

20 yanvar 2021, 16:06

Samarqand viloyatida «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» nomli oilaviy korxona ochilgan

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» oilaviy korxonasi faoliyat yuritadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona 2020 yil 14 fevral kuni Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olingan va ustav fondi 1000 so‘mni tashkil etadi.

11 yanvar 2021, 16:29

Samarqand tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Shu kunga qadar Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Dilfuza Azizova Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

7 yanvar 2021, 12:42

«Jartepa» chegara bojxona posti eksport-import yuklari harakati uchun ochildi

Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti yana o‘z faoliyatini boshladi. Post orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari harakatlanishi belgilangan.

4 yanvar 2021, 16:21

Samarqandda maktab qozonxonasi «kotyoli» portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi

Samarqand shahridagi maktab qozonxonasida elektr uzilishi va gaz bosimi ko‘tarilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida qozonxona ishchisi vafot etgan.

25 noyabr 2020, 11:19

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorligi eng katta viloyatlar reytingi tuzildi

Samarqand viloyati — elektr energiyasidan qarzdorlik bo‘yicha respublikada yetakchi bo‘lib, viloyatdagi qarzdorlik 646 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Qarzdorlik bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Navoiy (410 mlrd so‘m) va Andijon (273 mlrd so‘m) viloyatlari turibdi.

23 noyabr 2020, 16:42

Samarqandda xotini va uning o‘ynashini o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi

Pastdarg‘omda yashovchi fuqaro xotini va uning sevgilisi deya taxmin qilingan shaxsni Samarqanddagi savdo markazida pichoqlab o‘ldirdi. Erkak qo‘lga olingan va prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

19 noyabr 2020, 14:51

Samarqandda 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus yo‘l sirpanchiqligi bois ag‘darilib ketdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus yo‘l sirpanchiqligi oqibatida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting