«salar kanali» tegli maqolalar


4 avgust 2021, 16:36

«Salar» kanali bo‘yidagi qayta ishlab chiqarish va qoramol kushxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi

«Salar» kanali bo‘yida va Toshkentdagi suv tozalash inshooti yaqinida joylashgan ba’zi ishlab chiqarish obyektlari va qoramol kushxonalari Olmaliq va Ohangarondagi maxsus sanoat zonalariga ko‘chiriladi.

14 iyun 2021, 14:09

Tozalash inshootlaridan taralayotgan badbo‘y hid tufayli 22 kishiga nisbatan ish ochildi

Toshkentda oqova suvlarni tozalash inshootlariga texnik suvlarni oqizish holati bo‘yicha korxona va tashkilotlarning 22 nafar mas’uliga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Avvalroq, ayni shu sabab Sergeli tumanida badbo‘y hid taralayotgani haqida yozgan edik. Bir qator korxonalarning davlat ekologik ekspertizasi amal qilish muddatini oldindan to‘xtatish va shahar kanalizatsiya tarmog‘idan uzish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.

16 may 2021, 01:26

Badbo‘y hid tufayli beshta charm sanoat korxonasi Toshkent tashqarisiga ko‘chiriladi

Hukumat qarori loyihasi bilan Sergeli tumanida yoqimsiz hid tarqalishiga sababchi bo‘lgan korxonalarning lokal tozalash inshootlarida rekonstruksiya qilish hamda beshta charm sanoat korxonasini Toshkentdan tashqariga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Avvalroq, tumanning Bo‘zsuv kanaliga turli korxona va tashkilotlar tomonidan oqova suvlar va chiqindilar oqizilayotgani xabar qilingan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting