«ro‘mol» tegli maqolalar


Maktab qizlariga ro‘mol va do‘ppida bo‘lishiga ruxsat berildi
4 sentabr 2021, 13:42

Maktab qizlariga ro‘mol va do‘ppida bo‘lishiga ruxsat berildi

O‘zbekiston maktablarida qizlarga istisno tariqasida oq va ochiq ranglardagi milliy ro‘molda va do‘ppida bo‘lishga ruxsat berildi. XTV rahbari bu ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlari asosida qabul qilinganini va asosiy maqsad — barcha bolalarga ta’lim berish ekanligini ta’kidladi. «Biz dunyoviy bilimlarni barchaga berishimiz shart. Shu narsaga sharoit yaratib berishimiz kerak», — dedi u.

Ro‘mol bilan saylovning hech qanday aloqasi yo‘q — Chinozdagi 45-maktab direktori uzr so‘radi
18 may 2021, 16:27

Ro‘mol bilan saylovning hech qanday aloqasi yo‘q — Chinozdagi 45-maktab direktori uzr so‘radi

Ro‘mol o‘ragan qizlarga saylov sababli ularga indashmayotgani, saylovdan keyin «qanaqadir tashkilotlar» ota-onalarini surishtirishini aytgan Chinozdagi 45-maktab direktori bu haqda hech qanday organlardan topshiriq bo‘lmaganini bildirdi. U jamoatchilik va ota-onalardan uzr so‘radi.

Maktab direktori ro‘mol o‘ragan qizlarga: «Saylovdan keyin ko‘rasizlar»
17 may 2021, 21:12

Maktab direktori ro‘mol o‘ragan qizlarga: «Saylovdan keyin ko‘rasizlar»

«Sizlarga tepadan vahiy tushdimi? Hozir indashmayotganining sababi — saylov o‘tishini kutishayapti, saylov o‘tib olsin, ko‘rasizlar. Qanaqadir tashkilotlar kelib surishtirishi kerakmi ota-onalaringni?» — Ijtimoiy tarmoqlarda Chinoz tumanidagi 45-maktab direktori ekani aytilayotgan ayolning ro‘mol o‘ragan o‘quvchi qizlar bilan suhbati aks etgan audioyozuv tarqaldi.

IIBB «hijob kiygan ayollarning ushlanishi» voqeasiga izoh berdi
23 sentabr 2020, 12:16

IIBB «hijob kiygan ayollarning ushlanishi» voqeasiga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda hijob kiygan ayollar IIBB tomonidan ushlanganligi aytilgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBBning izohlashicha, ushbu fikrlar haqiqatdan yiroq va ro‘mol o‘ragan ayollarga hech qanday ozor berilmagan. Aytilishicha, ushbu fuqarolar jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lgan va inspektorlar tomonidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting