«rossiya» tegli maqolalar


11 oktabr 2021, 20:49

Jahon yangiliklari dayjesti

Avstriyada yangi kansler tayinlangani, Rossiya va Boliviyadagi aviahalokatlar, Livanning deyarli 24 soatga elektr ta’minotidan uzilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

7 oktabr 2021, 10:46

O‘zbekiston Rossiyadan 1 mln gektar yer maydonini ijaraga olmoqchi

O‘zbekiston Rossiya hududidan 1 mln gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga olmoqchi. Bunga O‘zbekistondagi suv resurslari tanqisligi sabab ekanligi aytilmoqda. Ijara yerlaridan olingan hosil O‘zbekistonning ichki bozoridagi talabni qondirishga yo‘naltiriladi. O‘tgan yilning dekabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga Rossiya hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni taklif qilgan edi.

4 oktabr 2021, 17:13

Rossiyada barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi

Rossiyada koronavirus bilan kasallanish holatlarining keskin ko‘payishi oqibatida mamlakat bo‘ylab barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

21 sentabr 2021, 09:29

“Yedinaya Rossiya” RF Davlat dumasiga saylovlarda ko‘pchilik ovozga ega bo‘ldi

Rossiya Davlat dumasiga o‘tkazilgan saylovlar yakunlari bo‘yicha “Yedinaya Rossiya”, KPRF, LDPR, “Spravedlivaya Rossiya” va “Noviye lyudi” yetakchi bo‘ldi. To‘qqizta ma’muriy birlikda ham hudud rahbarligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi, aksariyat saylangan gubernatorlar hukmron partiya vakillari hisoblanadi.

14 sentabr 2021, 10:49

Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo bo‘ldi

Rossiya poytaxtidagi «Lesoparkovaya» metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘ldi. Mazkur bekatdan migratsiya markaziga avtobuslar qatnovi mavjud.

10 sentabr 2021, 21:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiya va Belarus rahbarlarining Ittifoq davlati bo‘yicha kelishib olgani, Daniyaning barcha karantin cheklovlarini bekor qilgani, AQShda COVID-19'ga qarshi kengaytirilgan emlash rejasi qabul qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

8 sentabr 2021, 15:17

Rossiya FVV rahbari mashg‘ulotlar paytida halok bo‘ldi

Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev Arktika zonasida o‘tkazilgan mashg‘ulot paytida inson hayotini saqlab qolib, halok bo‘ldi.

16 avgust 2021, 20:58

Jahon yangiliklari dayjesti

Malayziya bosh vazirining iste’fosi, Rossiyadagi o‘rmon yong‘inlari va suv toshqinlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

12 avgust 2021, 17:07

Tojikistonda uch tomonlama harbiy mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli yakunlandi

O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya “Harb-Maydon” poligonida qo‘shma mashqlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Aviatsiya, razvedka, o‘t o‘chirish majmualari hamda havo desantli hujum kuchlari ishtirokida turlararo qo‘shinlardan foydalanish birinchi marta namoyish etildi.

10 avgust 2021, 20:55

Jahon yangiliklari dayjesti

BMTning afg‘on tomonlarini o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirayotgani, AQShning 11 sentyabr voqealariga oid bir qator maxfiy hujjatlar oshkor qilinishi mumkinligi, Eronning Buyuk Britaniyani sudga berishni rejalashtirayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

10 avgust 2021, 09:21

AQSh uchta Rossiya kompaniyasiga sanksiyalar joriy etdi. Ulardan biri O‘zbekistonga uskunalar yetkazib beradi

Rossiyaning uchta kompaniyasi AQSh sanksiya ro‘yxatiga kiritildi. Cheklovlar Eron, Shimoliy Koreya va Suriyaga ommaviy qirg‘in qurollari tarqatilmasligi to‘g‘risidagi qonun doirasida joriy etildi. Rossiya kompaniyalaridan biri O‘zbekiston korxonalariga uskunalar yetkazib beradi.

4 avgust 2021, 21:32

Jahon yangiliklari dayjesti

Nigeriyada qaroqchilarning 80 nafar o‘quvchi evaziga 194 ming dollar talab qilayotgani, Chexiyada ikkita yo‘lovchi poyezdining to‘qnashgani, JSSTning revaksinatsiyaga moratoriy joriy etishni taklif qilayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

2 avgust 2021, 13:00

O‘zbekiston harbiylari Rossiya va Tojikiston bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘zbek-rus-tojik hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. 1 avgust kuni harbiylar uzoq masofali marsh asosida Tojikistondagi Harb-Maydon poligoniga yetib borishdi.

30 iyul 2021, 21:26

Rossiyalik harbiylar Surxondaryodagi mashg‘ulotlarga yetib keldi

Rossiya harbiy xizmatchilari shartli dushman bazalarini qidirib topish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shma o‘quvlarda ishtirok etish uchun Surxondaryoga yetib keldi.

28 iyul 2021, 11:28

1 sentyabrdan Rossiyaga tashrif buyuruvchi o‘zbekistonliklar maxsus mobil ilovadan foydalanishi kerak bo‘ladi

O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning erkin harakatlanishi uchun yaratilgan «Puteshestvuyu bez COVID-19» («COVID-19`siz sayohat qilaman») ilovasiga qo‘shildi. 1 sentyabrdan boshlab ilovadan foydalanish Rossiyaga tashrif buyurayotgan o‘zbekistonliklar uchun majburiy bo‘ladi. Ilovada tahlil natijalarini ko‘rish uchun belgilangan laboratoriyalarda PZR-testini topshirish kerak bo‘ladi.

22 iyul 2021, 21:07

Jahon yangiliklari dayjesti

2,5 ming nafar Afg‘oniston fuqarosiga AQSh maxsus immigratsion vizasi ajratilgani, Xitoydagi toshqinlarda halok bo‘lganlar sonining 33 nafarga yetgani, Isroilda koronavirusga qarshi yangi turdagi vaksinaning ishlab chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

12 iyul 2021, 19:52

Rossiya bosh konsulxonasi xodimlari Hayratondan O‘zbekistonga ko‘chirildi

Afg‘onistonning Hayraton shahridagi konsullik muassasida faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatlar O‘zbekistonga olib kelindi. Ushbu ehtiyot chorasi «Tolibon» kuchlarining Afg‘onistonning shimoliy hududlariga kirib kelishi ortidan qo‘llanildi.

7 iyul 2021, 20:49

Jahon yangiliklari dayjesti (to‘ldirildi)

Gaiti prezidentining o‘z uyida o‘ldirilgani, Turkmanistonda majburiy emlashning joriy etilgani, Litvaning Belarus bilan chegara hududida devor barpo etishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

6 iyul 2021, 21:17

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida yo‘lovchi samolyotining qulab tushgani, Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaralarida xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida 20 ming askarni safarbar qilayotgani, Tokiodagi Olimpiadaning ochilish marosimiga faqat VIP-mehmonlarning kiritilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

23 iyun 2021, 18:10

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun 2 ta maxsus poyezd reysi qo‘yildi

Pandemiya paytida Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun ikkita maxsus poyezd reyslari yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar 25 iyun kuni Voljskiy-Toshkent, 28 iyun kuni Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida harakatni amalga oshiradi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting