Pandemiya sababli horijliklar va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun mamlakatda qolish muddati 15 dekabrgacha uzaytirildi. O‘zbekiston elchixonasi RFda noqonuniy yashab kelayotgan fuqarolarni mamlakatda bo‘lib turishlarini qonuniylashtirishga va ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga chaqirdi.
Madridda qisman karantin choralari joriy qilinmoqda. Buyuk Britaniyada karantin olti oygacha davom etishi ehtimolligi aytilmoqda. Rossiyada yangi karantin choralari qo‘llanilmasligi ma’lum bo‘ldi. Koronavirus pandemiyasiga oid dunyo yangiliklari.
Koronavirus infeksiyasining mavsumiyligi, Rossiyaga kirish uchun yangi qoidalar, Apple`dan yangi qurilmalar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Jahon neft iste’molining keskin kamayishi, Rossiyada chet ellik fuqarolar uchun yangi talablar, Isroilda yangi karantin choralari va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Endilikda Rossiyada turar joyi bo‘lgan va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxs mezbon sifatida boshqa chet el fuqarosini o‘z uyiga joylashtirishi yoki uni o‘z uyida yashash joyi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbsoari Bahodir Yusupaliyevning aytishicha, agar kasallanish holatlari kamayib borsa, Rossiya bilan aviaqatnovlar tiklanishi mumkin. 5 sentyabrdan keyin karantin choralarining yumshatilishidan so‘ng mamlakatdagi epidemiologik holatni baholash uchun vaqt talab etiladi.
Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 28 avgustdan har hafta temir yo‘l reyslari tashkil etiladi. Poyezdlar Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaradan qatnovlarni amalga oshiradi.
Vladimir Putin Aleksandr Lukashenkoning iltimosiga ko‘ra, Belarusga yordam berish uchun harbiy kuch zaxirasini shakllantirganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kuchlarini hozircha Belarusda ishlatishga hojat yo‘q.
Yetti nafar Rospotrebnadzor mutaxassisi — epidemiolog, virusolog va infeksionistlar — hamkasblariga yordamlashish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular onlayn maslahatlar berib, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda Rossiyaning muvaffaqiyatli tajribalarini joriy etish imkoniyatlarini o‘rganadi.
COVID-19 bemorlarini davolash bo‘yicha tajribaga ega 40 nafar rossiyalik shifokor yakshanba kuni O‘zbekistonga keladi. Ular orasida anesteziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt-shifokorlar bor.
Rossiyadagi chet ellik talabalarga bo‘sh vaqtlarida maxsus ruxsat va patentsiz ishlashga ruxsat berildi. Ishga joylashish uchun ular faqat o‘quv yurtidan ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar yaqin kunlarda poyezd bilan uylariga olib kelinadi. Avvalroq muhojirlarning, shu jumladan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarining Samara viloyatidagi nazorat punktidan o‘tishga urinayotgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Rossiyaning Novosibirsk shahridan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelindi.
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Sergey Furgal 2000 yillar boshida uyushtirilgan suiqasdda gumon qilinib, qo‘lga olindi. 10 mingdan ortiq Xabarovsk aholisi bunga qarshilik bildirish uchun ommaviy namoyishlarga chiqishdi. Sergey Furgalning nima uchun qo‘lga olinganligi bo‘yicha siyosatshunos va ekspertlar fikri.
Koronavirus pandemiyasining tashqi bozorlarga ta’siri sababli, O‘zbekistonda olinadigan tabiiy gazning Xitoyga eksporti 3 baravarga qisqardi, Rossiyaga eksport to‘xtatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting