«respublika maxsus komissiyasi» tegli maqolalar


20 sentabr 2021, 11:10

To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi

20 sentabrdan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berildi.

10 avgust 2021, 22:24

13 avgustdan juma namozini masjidlarda o‘qishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi masjidlarning ishchi va xodimlari emlangan taqdirda juma namozini ado etishga ruxsat berdi. Qolaversa, tashrif buyuruvchilardan vaksina olganlik to‘g‘risida QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lganlar kiritilishi belgilanmoqda.

5 iyul 2021, 17:45

G‘alati karantin yoxud cheklovlar kim uchun?

28 iyundan 12 iyulgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonda karantin cheklovlari qat’iylashtirildi. Ammo so‘nggi kunlardagi hodisalar cheklovlar bor yoki yo‘qligi, ular kim uchun tadbiq etilgani to‘g‘risida savollar uyg‘otmoqda. «Ashxobod sayilgohi»dagi tadbirlar, Qashqadaryodagi o‘zgartirishlar, Buxorodagi MMA musobaqasi karantin qoidalariga qanchalik mos? «Gazeta.uz» yana bir bor ayrim cheklovlarga rioya qilinmayotganiga e’tibor qaratadi.

4 iyul 2021, 10:21

Koronavirusga qarshi emlangan talabalarga kontrakt to‘lovida 10%lik chegirma beriladi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 18 yoshdan katta bo‘lgan Samarkand va Toshkent viloyati aholisini koronavirusga qarshi ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi. Shuningdek, vaksinatsiya qilingan to‘lov kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga 2021−2022 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov kontraktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.

17 aprel 2021, 13:25

Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz — bosh vazir karantin cheklovlari haqida

Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov karantin cheklovlari kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa to‘ylarni ham to‘xtatamiz», — dedi u. Bundan tashqari, 200−300 kishilik to‘ylar o‘tkazilayotgani va ularda ayrim rahbarlar ham qatnashayotgani tanqid qilindi. Qolaversa, prezidentning yig‘ilishlarni 45 daqiqadan oshirmaslik bo‘yicha bergan topshirig‘iga amal qilmayotgan rahbarlar ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

23 mart 2021, 22:05

1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi

Respublika maxsus komissiyasi 1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlarni o‘rnatmoqda. To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilanmoqda. Bundan tashqari, teatr, kino, va konsert dasturlarini tashkil etishda bir qancha cheklovlar ham qo‘yilmoqda.

25 fevral 2021, 23:16

O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 20-fevraldan O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Tashkilotchilarga sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qilish, ekspozitsiyalar orasida 3 metr masofani ta’minlash kabi talablar qo‘yilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting