«referendum» tegli maqolalar


YeXHT referendumni kuzatish uchun cheklangan missiyani yuboradi
11 avgust 2022, 13:39

YeXHT referendumni kuzatish uchun cheklangan missiyani yuboradi

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumni kuzatish uchun O‘zbekistonga cheklangan missiya yuborishni tavsiya qildi. Referendum kuni fuqarolardan barcha o‘zgartishlarni «yoqlab» yoki «qarshi» ovoz berish so‘raladi.

YeXHT missiyasi O‘zbekiston referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligini baholaydi
18 iyul 2022, 12:46

YeXHT missiyasi O‘zbekiston referendumini kuzatishning maqsadga muvofiqligini baholaydi

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ekspertlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Ular Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik bilan tanishib, ovoz berish jarayonini kuzatishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

MSK referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi
29 iyun 2022, 10:27

MSK referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi

Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaviy referendum o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi. Iyul-avgust oylarida 944 nafar trener 140 mingdan ortiq uchastka-okrug komissiya a’zolarini referendum o‘tkazish qoidalari bo‘yicha o‘qitishi rejalashtirilmoqda.

Konstitutsiyani referendum orqali o‘zgartirish taklif etildi
20 iyun 2022, 13:55

Konstitutsiyani referendum orqali o‘zgartirish taklif etildi

Prezident Konstitutsiyani parlament vakolati bilan emas, balki referendum o‘tkazish yo‘li orqali o‘zgartirishni taklif qildi. «Konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirsak, bu — haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi
18 iyun 2022, 09:00

Referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

Referendum to‘g‘risidagi qonunga saylov komissiyalari vakolatlarini o‘zgartirish, kuzatuvchilar huquqlarini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, referendumda qabul qilingan qarorlarni faqat referendumda bekor qilish talabiga istisno kiritildi.

O‘zbekistonda referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritiladi
13 iyun 2022, 10:21

O‘zbekistonda referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritiladi

Deputatlar referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Unga ko‘ra, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar vakolatlarini aniqlashtirish, komissiyalar qarorlari yuzasidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish, kuzatuvchilarning huquqlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda.

Qozog‘istonda Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum yakunlandi
6 iyun 2022, 10:04

Qozog‘istonda Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum yakunlandi

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum yakunlangani va unda 7,9 mln fuqaro (saylovchilarning 86,06%) qatnashganini ma’lum qildi. Referendumning dastlabki natijalariga ko‘ra, 77,18 foiz saylovchi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan, 18,66 foizi esa qarshi ovoz bergan.

Qozog‘istonda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga hozirlik ko‘rilmoqda
18 may 2022, 10:45

Qozog‘istonda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga hozirlik ko‘rilmoqda

5 iyun kuni Qozog‘istonda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Tuzatishlarda prezidentning yaqin qarindoshlariga siyosiy davlat xizmatchisi lavozimlarini egallashni taqiqlash, Qozog‘istonning birinchi prezidenti belgilagan tamoyillarning o‘zgarmasligi haqidagi qoidalarni istisno qilish va boshqalar taklif qilingan.

Shotlandiya yana Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish masalasini ko‘rib chiqmoqchi
16 fevral 2021, 16:09

Shotlandiya yana Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish masalasini ko‘rib chiqmoqchi

Shotlandiya hukumati Buyuk Britaniya tarkibidan chiqish masalasi bo‘yicha so‘nggi yetti yil ichida ikkinchi bor referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mustaqillik uchun birinchi referendum 2014 yil o‘tkazilgan, unda 55% shotlandiyaliklar Buyuk Britaniya tarkibida qolish tarafdorlari sifatida ovoz berishgan.

Sadir Japarov Qirg‘iziston prezident saylovlarida yetakchilik qilmoqda
11 yanvar 2021, 11:33

Sadir Japarov Qirg‘iziston prezident saylovlarida yetakchilik qilmoqda

Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Sodir Japarov deyarli 80 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning 81 foizdan ko‘prog‘i mamlakatdagi prezidentlik boshqaruv shakli uchun ovoz berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting