«rasul kusherbayev» tegli maqolalar


1 mart 2021, 10:37

«Populizm muhimroqmi yoki farzandlarimizning muvaffaqiyatimi?» — xalq ta’limi vaziri deputat fikrlariga javob berdi

Deputat Rasul Kusherbayev bitiruvchilari OTMga kira olmagan maktab direktorlarining ishdan olinishini «demagogiya va boshqaruvga noqobil odamlarni qo‘yadigan talabi» deya tariflagan edi. Xalq ta’limi vaziri «oxirgi 2 yilda faqat OTMga kirganlar bo‘yicha ob’ektiv ma’lumot bo‘lgani» sababli bunday yo‘l tutilganini ta’kidladi. Sherzod Shermatov masalani tushuntirish uchun deputat bilan bog‘lana olmaganini ma’lum qildi. «Qadriyatlarimiz va tanlovimiz ikki xil ekan», — dedi u.

22 fevral 2021, 18:59 1

Bolaning o‘qishga kirishi maktabning bo‘ynida emas — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev OTMga kirolmagan o‘quvchilar sababli maktab direktorlari ishdan olinishi «demagogiya ekanligi» va o‘qituvchilarning bunda aybi yo‘qligini ta’kidladi. «Bolaning tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lsa, o‘qishga kirishni xohlamasa ham biz o‘qituvchini ayblaymizmi?», — dedi deputat. Uning aytishicha, bunday talab qonunchilik yoki Mehnat kodeksida belgilanmagan.

22 fevral 2021, 16:08

«Ruxsat beradiganlarning o‘zi tayyor emas» — Rasul Kusherbayev hokimlik saylovlari haqida

Deputat Rasul Kusherbayev xalq hokimlarni saylashga tayyor emasligi haqidagi fikrga ko‘shilmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «ruxsat berayotganlarning o‘zi tayyor emas». «Ularda qo‘rquv bo‘lishi mumkin. Qaysi ma’noda, ular xohlagan odamni, odamlar saylamasligi mumkin», — dedi u. Prezident hokimlarni xalq saylashi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, u bunga saylanayotganlar ham, saylovchilar ham tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan.

12 fevral 2021, 18:16

«Qiynoqlar aniqlanmayotganiga sabab qamoqxonalardagi tibbiy xodimlar IIVga bo‘ysunadi» — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev Ombudsmanning 2019 yilgi hisobotida 139 nafar mahbusdan qiynoqlar bilan bog‘liq shikoyat kelganini, lekin ular tasdiqlanmaganini qayd etdi. Bunga «Qamoqxonalardagi tibbiy xizmat IIVga bo‘ysunishi» sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. U qamoqxonalardagi tibbiy xizmatni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha ombudsmanning o‘tgan yilgi taklifi ochiq qolganini ta’kidladi.

11 dekabr 2020, 11:48

««Snos»ga qarshi moratoriy eng to‘g‘ri yo‘l» — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev «snos"larga qarshi moratoriy e’lon qilish taklifi bilan chiqdi. Uning aytishicha, asossiz va ruhsatsiz «snos"larga yo‘l qo‘yish bu zulm bilan barobardir.

18 noyabr 2020, 22:37

Uzauto Motors keyingi yil ham 3 foizlik yig‘imni to‘lamaslik imtiyozini saqlab qolishi mumkin — deputat

Uzauto Motors kompaniyasi 9 oy mobaynida davlat byudjetiga 582,6 mlrd so‘m yig‘imni to‘lamagan. Mazkur holat bo‘yicha deputat Rasul Kushnerbayev munosabat bildirib, kamiga keyingi yil ham shunday 3 foizlik yig‘imni to‘lamaslik imtiyozini saqlab qolishi mumkinligini ma’lum qildi. «Biz bunday imtiyoz berilishiga qarshimiz», — dedi u.

18 noyabr 2020, 17:05

Mansabdor shaxslar qanday avtomobil sotib olishi aniq belgilab beriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik va hokimiyatlar tomonidan qimmatbaho avtomobillarni xarid qilishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan quyi palata deputatlari moliya vaziriga savol bilan murojaat qilishdi. «Davlat idoralari rahbar, xodimlari nima avtomobil olishini aniq ko‘rsatib qo‘yish bo‘yicha hukumatdan topshiriq oldik», — dedi Timur Ishmetov.

9 noyabr 2020, 17:19

Deputat UzAuto Motors’ni 85 foizlik oldindan to‘lov qilish sharti uchun tanqid qildi

Deputat Rasul Kusherbayevning aytishicha, qonunchilikka ko‘ra shartnoma shartlari kuchga kirishi uchun 15% oldindan to‘lov kifoya bo‘lganligi sababli, xaridorlar UzAuto Motors bilan shartnomalar tuzishda oldindan 85 foizdan kamroq miqdorida to‘lov qilishlari mumkin. «Qonun bo‘yicha bunga haqli bo‘lsangiz ham aslo buning iloji yo‘q, chunki ular monopolist diktovkasi bilan tuzilgan shartnomaning bitta harfini ham o‘zgartirishmaydi», — deya ta’kidladi deputat.

21 sentabr 2020, 16:18

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan sudga arz qildi

UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qildi. Oldinroq, Monopoliyaga qarshi kurashish ko‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga asossiz oshirilgan narxlarni bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi.

17 avgust 2020, 19:24

Sug‘urtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Deputatlar transport vositalari egalarining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilmaganligi uchun transport vositasini jarima maydonida majburiy ushlab turish amaliyotini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqishdi.

6 avgust 2020, 16:59

UzAuto Motors deputatning fikrlarini populizm va haqiqatni buzib ko‘rsatish deb atadi

UzAuto Motors deputat Rasul Kusherbayevning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar haqidagi bergan xabarlariga «populistik fikr-mulohazalar» deb baho berdi hamda «qo‘mita tezislari ochiq-oydin buzilgan» deya munosabat bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting