Uzauto Motors kompaniyasi 9 oy mobaynida davlat byudjetiga 582,6 mlrd so‘m yig‘imni to‘lamagan. Mazkur holat bo‘yicha deputat Rasul Kushnerbayev munosabat bildirib, kamiga keyingi yil ham shunday 3 foizlik yig‘imni to‘lamaslik imtiyozini saqlab qolishi mumkinligini ma’lum qildi. «Biz bunday imtiyoz berilishiga qarshimiz», — dedi u.
Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik va hokimiyatlar tomonidan qimmatbaho avtomobillarni xarid qilishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan quyi palata deputatlari moliya vaziriga savol bilan murojaat qilishdi. «Davlat idoralari rahbar, xodimlari nima avtomobil olishini aniq ko‘rsatib qo‘yish bo‘yicha hukumatdan topshiriq oldik», — dedi Timur Ishmetov.
Deputat Rasul Kusherbayevning aytishicha, qonunchilikka ko‘ra shartnoma shartlari kuchga kirishi uchun 15% oldindan to‘lov kifoya bo‘lganligi sababli, xaridorlar UzAuto Motors bilan shartnomalar tuzishda oldindan 85 foizdan kamroq miqdorida to‘lov qilishlari mumkin. «Qonun bo‘yicha bunga haqli bo‘lsangiz ham aslo buning iloji yo‘q, chunki ular monopolist diktovkasi bilan tuzilgan shartnomaning bitta harfini ham o‘zgartirishmaydi», — deya ta’kidladi deputat.
UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining qarori ustidan Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qildi. Oldinroq, Monopoliyaga qarshi kurashish ko‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga asossiz oshirilgan narxlarni bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi.
Deputatlar transport vositalari egalarining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilmaganligi uchun transport vositasini jarima maydonida majburiy ushlab turish amaliyotini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqishdi.
UzAuto Motors deputat Rasul Kusherbayevning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar haqidagi bergan xabarlariga «populistik fikr-mulohazalar» deb baho berdi hamda «qo‘mita tezislari ochiq-oydin buzilgan» deya munosabat bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting