Shveysariya BMTTDning O‘zbekistondagi yoshlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbusini moliyalashtirmoqda. Loyiha 13 ming benefitsiar, jumladan, qizlar va qishloq aholisiga mo‘ljallangan. Ularga raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘nikma va vositalar bilan yordam beriladi.
O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda BMTTD raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish loyihasini ishga tushirdi. Uning umumiy qiymati — 2,1 mln dollar.
Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Unda raqamli iqtisodiyot xizmatlarini 16 trln so‘mga, kompyuter dasturlari eksportini 40 mln dollarga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 100 taga yetkazish belgilandi. Vazir, viloyat, tuman va shahar hokimlari portallarini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berildi.
O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun yaqin ikki yil ichida 2,5 mlrd dollar jalb etiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir Abdulla Aripov Olmaota shahridagi forumda. Ushbu mablag‘lar mobil aloqani modernizatsiya qilish, elektron hukumatni rivojlantirish va boshqa vazifalarga sarflanadi.
Prezident yil yakuni bo‘yicha har bir tarmoq va hudud rahbari raqamli iqtisodiyot sohasida keskin o‘zgarish qilishi zarurligini aytdi. Bu yangilanishlar odamlarning hayoti, byurokratiya va korrupsiyaning kamaygani va davlat xizmatlarini ko‘rsatish tezlashganida sezilishi lozimligi ta’kidlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting