Qibray tumani hokimiyati qulupnay dalasi buzilgan dehqonlarga 154 mln so‘m miqdorida tovon puli to‘lab berdi. Har bir gektardagi hosil uchun ular 20 mln so‘mdan olishdi.
Qibrayda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, «Istiqlol» majmuasi va boshqa ob’ektlar quriladigan maydondagi 8 ga qulupnay dalasi buldozerda buzib tashlandi. Yer egasi va ijarachilariga tovon pulini to‘lashga va’da berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qibraydagi qulupnay dalalaridan biri buldozer bilan buzib tashlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Lavhada voqea joyida ichki ishlar xodimlari ham bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Xalq kengashi deputati Feruza Babasheva «qulupnayni ekishdan oldin to‘xtatilsa bo‘lmasmidi?», — deb yozdi. Viloyat IIB yerdagi hosilni terib olish yoki buzdirish ishlariga ichki ishlar xodimlari aloqador emasligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting