«qonunchilik palatasi» tegli maqolalar


17 iyul 2021, 17:18

«Emlashni majburiy tarzda amalga oshirish mumkin emas» — Nurdinjon Ismoilov

Quyi palata Spikeri Nurdinjon Ismoilov qonun hujjatlariga muvofiq, majburiy emlash mumkin emasligini ma’lum qildi. Buning uchun huquqiy hujjatlarga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish talab etiladi. Biroq, deputatlar Respublika maxsus komissiyasiga ixtiyoriy emlanganlarni rag‘batlantirish va imtiyozlar berish yoki harakatlarini cheklash borasida tavsiyalar bergani aytilmoqda. Qolaversa, xodimlari emlangan kafe va restoranlarga cheklangan vaqtda ham ishlashga ruxsat berish taklifi bildirilgan.

16 iyul 2021, 11:05

«Hech qanday „lazeyka“ larga joy qolmasin». Doniyor G‘aniyev Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar haqida

Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev yerga oid prezident farmoni, uning asosida Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr bildirib, qonunchilikda «lazeyka"lar qoldirib ketilayotganiga e’tibor qaratdi. Jumladan, chet el fuqarolari va yuridik shaxslariga yerni ijraga berish, DXSH asosida yerdan foydalanish, ko‘p kvartirali uyga tutash uchastkalarni ajratish, qolaversa, yakka tartibdagi uyni xususiy mulk tarzida berish masalalarida qonunchilikda «bo‘shliq"lar qoldirilgani aytilmoqda.

10 iyun 2021, 13:28

Deputatlar iqtisodchining energetika sohasida islohotlar qachon boshlanishi haqidagi savolini tanqid qildi

Qonunchilik palatasining ikki nafar deputati iqtisodchi Yuliy Yusupovning O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish qachon boshlanishi so‘rab, e’lon qilgan postini tanqid ostiga oldi. Xalq vakillarining ta’kidlashicha, mamlakat energetika sohasida allaqachon, salmoqli ishlar bajarilgan, hozirgi uzilishlar esa — «yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning oqibati».

4 may 2021, 15:17

Mobil aloqa tarmog‘ida iste’molchining roziligisiz reklama ko‘rsatilishi taqiqlanishi mumkin

«Reklama to‘g‘risida» gi yangi qonun loyihasida mobil aloqa tarmog‘i orqali reklama tarqatilishiga faqat iste’molchining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi, shuningdek taniqli shaxslar va tibbiyot xodimlari ishtirokida giyohvand moddalarni reklama qilishni taqiqlash taklif etilmoqda.

4 may 2021, 14:42

Saylov kodeksining 11 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

Qonunchilik palatasi deputatlari Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni qabul qilishdi. Ular yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlari, okrug saylov komissiyasi tarkibi, ovoz berishda ID kartadan foydalanish va boshqa shu kabi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.

20 aprel 2021, 12:23

Deputatlar uchastka nozirlari vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullashmadi

Qonunchilik palatasi profilaktika inspektorlariga elektr energiyasi, issiqlik va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima solish huquqini beruvchi qonun loyihasini rad etdi. Deputatlarning fikriga ko‘ra, bu uchastka nozirlari asosiy ishidan tashqari ularning ish ko‘lami ortishiga, manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsion holatlar ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin.

13 aprel 2021, 23:36

«Trest-12» tendersiz Qonunchilik palatasi binosini ta’mirlaydi

Qonunchilik palatasi binosining tashqi ko‘rinishi rekonstruksiya qilish va binoni joriy ta’mirlash uchun 16,54 mlrd so‘m ajratish reja qilingan. Pudratchi sifatida «Trest-12» (aksionerlari orasida qurilish vazirining o‘g‘li va rafiqasi borligi haqida yozgan edik) ishtirok etmoqda. Hukumat buyrug‘i bilan loyihani tendersiz amalga oshirish va parallel ravishda loyihalashtirishga ruxsat berilgan.

23 fevral 2021, 17:00

Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida spikerga raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi. Deputatlar mazkur lavozimga Odiljon Tojiyevni saylashdi. U parlament imidji masalalariga mas’ul bo‘ladi.

23 fevral 2021, 11:34

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan shaxslar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi. Bunga bolgerlar, OAV, transport xodimlari, mehnat migrantlari va xorijda tahsil olayotgan talabalar ham ushbu ro‘yxatga kiritilganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar sabab bo‘ldi.

22 fevral 2021, 15:46

Deputatlar transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ma’qulladi

Qonunchilik palatasi deputatlari transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini ma’qulladi. U o‘tgan yilning oktyabridan buyon vazir vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi. Avvalroq, Elyor G‘aniyev transport vaziri lavozimidan ozod etilgan edi.

29 yanvar 2021, 16:55

Deputatlar saylov kunini ko‘chirishga oid qonunni qabul qildi, hujjat Senatga yuboriladi

Qonunchilik palatasi saylov kunini ko‘chirish bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishga oid qonunni qabul qildi. Hujjat Senatga yuboriladi. Agar Senat ham ushbu qonun loyihasini ma’qullab, prezident imzo cheksa, unda 2021 yilga prezident saylovlari 24 oktyabrga to‘g‘ri kelishi mumkin.

26 yanvar 2021, 23:54

2020-yilgi Davlat dasturining 78 ta bandi ijrosi to‘liq ta’minlanmagan

Hukumatning Qonunchilik palatasiga taqdim etgan hisobotiga ko‘ra, 2020-yilgi Davlat dasturining 284 ta bandidan 206 tasi to‘liq bajarilgan. 20 tasining muddati uzaytirilgan va 58 ta bandning ijrosi hanuz davom etmoqda.

25 yanvar 2021, 23:57

Qonunchilik palatasi saylov kunini ko‘chirishga nima sabab bo‘layotganini ma’lum qildi

Prezident saylovlari oktyabr oyiga ko‘chirilishi mumkin. Bunda 2021 yilgi saylovlar tahminan 24 oktyabrga to‘g‘ri keladi. Qonunchilik palatasi saylov kuni o‘zgarishitirilishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hujjat loyihasi bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan.

18 noyabr 2020, 13:27

Bir oyda 10 trln so‘m soliq tushadi, ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m, bu — normal raqam — DSQ raisi

Qonunchilik palatasi deputatlari 9 oyda ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m soliqni qaytarish masalasi bilan qiziqishdi. «Bir oyda 10 trln soliq tushumlari tushadi, ortiqcha to‘langan 126 mlrd so‘m bu normal raqam», — dedi DSQ raisi Sherzod Qudbiyev. U, shuningdek, ortiqcha to‘langan soliq tadbirkorlik sub’ekti murojaati yoki sudni qarori bilan qaytarilishini ma’lum qildi.

18 noyabr 2020, 12:14

9 oyda tabiiy gazni qazib olish 19,6 foizga, gaz kandensati esa 34,7 foizga kamaygan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 9 oyda tabiiy gazni qazib olish 19,6 foizga, gaz kandensati esa 34,7 foizga tushgani, bu dunyo bozoridagi talab kamayishi tufayli kuzatilgani aytildi. Deputat Maqsuda Vorisova, — «Ichki bozorda talab kundan-kunga oshib borayapti, tadbirkorlarni ham qish oldidan gaz tarmog‘idan uzishga majbur bo‘layapmiz, bunga qanday izoh berasizlar», — deya savol berdi. Energetika vaziri o‘rinbosari qo‘shma korxonalar eksportni to‘xtatgani va ishlab chiqarish shuning hisobiga qisqarganini ma’lum qildi.

18 avgust 2020, 13:10

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlash taklif etildi

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlovchi qonun loyihasi taklif etilmoqda. Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan loyihaga ko‘ra, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting