«qonunchilik palatasi» tegli maqolalar


2 mart 2022, 15:31

Deputatlar «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ma’qulladi

Chorshanba kuni deputatlar «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat bilan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri yuritiladi va ularga nomzodlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi. Davlat xizmatchisiga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, xizmati evaziga jismoniy va yuridik shaxslardan mukofot yoki sovg‘a olish, chet el fuqaroligiga ega bo‘lish, O‘zbekistondan tashqarida bank hisobraqami ochish, ko‘chmas va boshqa mulkka egalik qilish taqiqlanmoqda. Hujjat Senatga yuborildi.

22 fevral 2022, 18:44

Deputatlar mehnat migrantlariga imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi

Qonunchilik palatasi tomonidan migrantlarga oid yangi qonun ma’qullandi. Unda tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Qonunda shuningdek, mehnat migrantlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xorijdan qaytganlarning reintegratsiyasi ko‘zda tutilgan.

10 fevral 2022, 17:24

Behzod Musayevga pandemiya uchun ajratilgan mablag‘lar sarflanishi yuzasidan parlament so‘rovi yuborildi

2021 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun davlat budjetidan jami 4,2 trln so‘m mablag‘ ajratilgan. SSV 2021 yilning birinchi yarim yilligidagi mablag‘lar nimaga sarflanganini ochiqlamagan. Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligi hisobotlarida ham bu ma’lumotlar o‘z aksini topmagan. Shundan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayevga parlament so‘rovi yubordi.

1 fevral 2022, 18:42

«Davlat yoki jamoat?» Qonun loyihasi nomi deputatlar o‘rtasida bahsga sabab bo‘ldi

Qonun loyihasi nomida yer uchastkalarini olib qo‘yish «davlat ehtiyoji uchun» emas, balki «jamoat ehtiyojlari uchun» deb qayd etilgani deputatlar o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Rasul Kusherbayev «gap nomda emas, balki qonunni ishlashida» ekanligini qayd etdi. Boshqa deputatlar esa «jamoat» tushunchasiga qonunchilikda ta’rif yo‘qligi, «mavhum narsa hech qachon xalqqa foyda keltirmasligini» ta’kidlashdi. Doniyor G‘aniyev esa adliya vaziri o‘rinbosari bilan tortishdi. Bahslarga quyi palata spikeri yakun yasadi.

1 fevral 2022, 15:31

«Snos»ga tushgan hujjati yo‘q uylarga ham kompensatsiya to‘lab beriladi

Deputatlar ko‘rib chiqqan qonun loyihasiga ko‘ra, hujjati bo‘lmagan uylar «snos» ga tushganda, ularga ham kompensatsiya to‘lab berish taklif etilmoqda. Bunda da’vogar mulkka 15 yil davomida oshkora va uzluksiz egalik qilgan hamda soliqlarni to‘lagan bo‘lishi lozim. Loyiha qabul qilinib, Senatga yuborildi.

11 yanvar 2022, 09:00

«Hokimlarning kengash raisi maqomini bekor qilish». Hujjat 2,5 yil oldin tayyorlangan, biroq qabul qilinmagan

2019 yilgi Davlat dasturiga ko‘ra, 6 oy ichida hokimlarning xalq deputatlari kengashi raisi maqomini bekor qilishga oid qonun loyihasi ishlab chiqilgan. «Gazeta.uz» ning aniqlashicha, Adliya vazirligi o‘shandayoq loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazib, ijobiy xulosa bergan. Biroq, hujjatning undan keyingi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Qonunchilik palatasi ma’lum qilishicha, «hujjat quyi palataga kelib tushmagan, shu sababli muhokama qilinmagan». Senat esa sukut saqlamoqda.

14 dekabr 2021, 19:05

Mehnat migrantlari daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi mumkin

«Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.

13 dekabr 2021, 12:50

O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etiladi

O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etilishi kutilmoqda. Qonunchilik palatasi qo‘mitasi tegishli qonun loyihasini palataning navbatdagi majlisiga kiritdi. Hujjat ilk bor 2020 yilda muhokamaga qo‘yilgandi.

10 dekabr 2021, 18:09

Yer, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda aksiz soliqlari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi mumkin

Deputatlar muhokama qilayotgan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga muvofiq, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi kutilmoqda.

10 dekabr 2021, 16:11

Qonunchilik palatasi majlisining jonli efiri 50 daqiqadan kamroq davom etdi

Qonunchilik palatasi majlisining Uzreport TV telekanali orqali uzatilgan jonli efiri 48 daqiqa o‘tib to‘xtatildi. Palata buni kanalda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlanishi bilan izohladi. Prezident farmoniga asosan 1 dekabrdan quyi palata majlislari MTRK telekanallari va internet orqali jonli efirga uzatilishi kerak.

3 dekabr 2021, 10:26

Korrupsiyani sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda

Antikorrupsiya agentligi korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bilan chiqdi. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga 15 turdagi qonunbuzarlik kiritilmoqda. Shuningdek, poraxo‘rlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, shu turdagi jinoyatchilarni muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik va jazosini yengilrog‘i bilan almashtirmaslik taklifi bildirildi.

2 noyabr 2021, 17:28

Inson a’zolari transplantatsiyasi uchun bemorga qarindosh bo‘lmaganlar ham donorlik qilishi mumkin

Deputatlar inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi uchun bemorning yaqin qarindoshi bo‘lishi kerak degan cheklovni bekor qilishga oid qonun loyihasini ma’qulladi. Unga ko‘ra, donor sifatida o‘z a’zosi olinishiga ixtiyoriy ravishda, bepul asosda, notarial tartibda rozilik bergan inson tushuniladi.

19 oktabr 2021, 11:22

31 dekabrgacha go‘sht va kartoshka importini QQSdan ozod qilish taklif etildi

Deputatlar 10 oktabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht, qoramol va parranda, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekistonga olib kirish va realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilishga oid qonunni qabul qildi.

18 oktabr 2021, 11:31

Prezidentning o‘z belgisi va shtandarti bo‘ladi

Deputatlar davlat rahbarining o‘z belgisi va shtandartini (bayrog‘i) joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Ular saylangan prezidentga uning qasamyodidan keyin topshiriladi.

13 oktabr 2021, 16:44

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi 13 yoshdan 14 yoshga oshirilmoqda

Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi 13 yoshdan 14 yoshga oshirilishga doir qonun loyihasi qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda.

12 oktabr 2021, 12:09

Tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida ko‘rsatish shart etib belgilanmoqda

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida taqdim etish shartligi aks etgan qonun loyihasini ma’qullashdi. Hujjat Senatga yuborildi.

24 sentabr 2021, 20:07

Tabiiy ofat natijasida zarar ko‘rgan tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi

Qonunchilik palatasi deputatlari tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan tadbirkorlar va yerlari sho‘rlangan hududlarda yashovchi fuqarolarga soliq to‘lovlaridan yengilliklar yaratishni ko‘zda tutgan qonunni qabul qildi.

9 avgust 2021, 21:49

Endi deputatlarning yordamchilari bo‘ladi

Qonunchilik palatasida deputat yordamchisi institutini joriy etishga oid qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu orqali deputat va saylovchi o‘rtasidagi muntazam aloqani yaxshilashga erishish maqsad qilingan. Tashabbus «Milliy tiklanish» partiyasi tomonidan ilgari surildi.

28 iyul 2021, 12:51

Yarim kunga suv ta’minotidan uzilgan aholiga maxsus mashinalarda ichimlik suvi yetkazish taklif etildi

Qonunchilik palatasi tomonidan ichimlik suvi ta’minotiga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, har oyda kamida bir marta hisoblagichlar holatini o‘rganish, ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar davomiyligi 12 soatdan oshsa aholini maxsus mashinalarda ichimlik suvi bilan ta’minlash va tariflar narxi o‘zgarishi haqida 15 kun oldin xabardor qilish taklif etilmoqda.

27 iyul 2021, 16:30

Vaksinadan bosh tortganlar ishdan chetlatilishi mumkin

Qonunchilik palatasi deputatlari ma’qullagan qonun loyihasiga ko‘ra, endilikda aholining ayrim qatlamlarini koronavirusga qarshi majburiy emlash hamda vaksina olmagan xodimni ishdan chetlatish mumkin bo‘ladi. Quyi palata vakillari ommaviy emlash koronavirusning yangi to‘lqinlarining oldini olishga yordam berishiga ishonmoqda. Qonun loyihasi Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting