Toshkent IIBBda qiynoqqa solingan tadbirkor Dilshod To‘raxo‘jayev prezidentga murojaat yo‘lladi. Shundan so‘ng ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari a’zolari u bilan uchrashdi. Tadbirkor uni qiynoqqa solgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rilmayotganidan shikoyat qildi.
Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan kattaqo‘rg‘onlik ayol jazoga tortildi. 23 yoshli ona sudda bu ishni erini qo‘rqitish maqsadida qilganini aytdi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ayol 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Tarmoqlarda erkak o‘z farzandlarini qiynoqqa solayotgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, yangiyo‘llik 30 yashar erkak oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini qiynoqqa solib, jarayonni videoga olgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati jinoyatlarda gumonlanib qo‘lga olingan ikki fuqaro qiynoqqa solingani haqida post e’lon qildi. IIV xabarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘z bolalarini qiynayotgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyat IIBga ko‘ra, 23 yoshli kattaqo‘rg‘onlik ayol hozirda Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Samarqandda IIO xodimlari mahbusga qiynoqlar qo‘llagani oqibatida uning uchta qovurg‘asi singani va tana qismida jarohat izlari borligi aytilmoqda. Ombudsman vakili mahbus bilan uchrashib, vaziyatni o‘rgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qilindi.
Andijonda 5 nafar yigit ishi apellyatsiya sudida ko‘rilayotgani va tergov jarayonlarida ular qiynoqqa solinayotgani aytilmoqda. Ayblanuvchilarning yaqinlari ularni 8−10 yillab ozodlikdan mahrum qilishmoqchiligi, tergov vaqtida esa kaltaklaganini qayd etishdi. Ombudsman vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.
SSV vaziri Behzod Musayev diplom va malakasi yo‘q shaxs yosh bolani qiynab, massaj qilgan holatga munosabat bildirdi. Vazir ota-onalardan «ruxsatnoma va malakaga ega bo‘lmagan kimsalarga farzandlarining taqdiri va salomatligini ishonib topshirmasliklarini» so‘radi.
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro yosh bolakayni qiynab, massaj qilgani aks etgan video tarqaldi. Soha mutaxassislari bunday massajdan so‘ng, suyaklar sinishi mumkinligini ta’kidlashdi. SSV shaxs diplom hamda malaka toifasiga ega emasligini aniqladi va uning ustidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi.
14 dekabr kuni Farg‘ona viloyat sudida So‘x voqealari yuzasidan sud jarayonida 5 nafar sudlanuvchi so‘roq qilindi. Ular tergov jarayonida qiynoqqa solinganligini, ba’zilari esa to‘polonlarda qatnashmaganligini ta’kidladi. B.Shodiyev tergov paytida boshiga qop kiygizib, beldan pastki qismiga urishganini aytdi. Sudlanuvchi Sh. Olimov ayblov varaqasiga qo‘l qo‘yib bermasa, «podvalga tushasan» deb qo‘rqitishganini ta’kidladi.
Koronavirusdan vafot etgan sharqshunos olim Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova talab qilingan 560 million so‘m o‘rniga 462 ming so‘m miqdoridagi moddiy tovon puli to‘g‘risidagi sud qaroridan norozi bo‘lib, shikoyat arizasi yozmoqchi. Kubatin reabilitatsiya qilinmaguniga qadar davlatga xiyonat qilishda ayblanib, 2,5 yil qamoqda o‘tirib chiqqan edi. Uning opasi «Gazeta.uz»ga jinoyat ishi tafsilotlari, qiynoqlar va Zangiota kasalxonasidagi davolanish haqida gapirib berdi.
Samarqandda eri tomonidan vahshiylarcha kaltaklanib, «pampers» yedirilgan ayol bilan bog‘liq holat Senat nazoratiga olingani xabar qilindi. Jabrlanuvchi esa zo‘ravonga nisbatan Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) va 110- moddalari (qiynash) bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini so‘ramoqda.
Samarqandda eri tomonidan shafqatsiz kaltaklangan ayol va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahri IIO FMB tomonidan himoyaga olingan. Ayolini kaltaklagan erga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayolga «himoya orderi» berilgan.
IIV Furqat tumanida IIO xodimlari maktab o‘qituvchisini o‘g‘irlikda gumon qilib qiynoqqa solganiga munosabat bildirdi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting