«qatar-2022» tegli maqolalar


O‘zMTRK futbol bo‘yicha jahon chempionatini translyatsiya qilish huquqini sotib oldi
22 aprel 2022, 21:32

O‘zMTRK futbol bo‘yicha jahon chempionatini translyatsiya qilish huquqini sotib oldi

Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati O‘zbekistonda MTRK tomonidan namoyish qilinadi. Kompaniya ushbu musobaqaning barcha 64 ta uchrashuvini o‘z telekanallarida efirga uzatish huquqini sotib olgan.

JCH-2022 final bosqichiga qur’a tashlandi
1 aprel 2022, 22:54

JCH-2022 final bosqichiga qur’a tashlandi

Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh ishtirokchilari aniqlandi. Chempionatning birinchi uchrashuvi Qatar va Ekvador o‘rtasida bo‘ladi. C guruhida esa Argentina Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. Ispaniya Germaniya bilan, Belgiya Xorvatiya bilan bir guruhga tushdi.

JCH-2022. Italiya Qatarga bormaydi, Portugaliya saralash finaliga chiqdi, Saloh Manega qarshi o‘ynaydi
25 mart 2022, 16:54

JCH-2022. Italiya Qatarga bormaydi, Portugaliya saralash finaliga chiqdi, Saloh Manega qarshi o‘ynaydi

2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga saralash o‘yinlarining navbatdagi bosqichi boshlandi. Italiya va Turkiya saralashdan chiqib ketdi, Portugaliya va Shvetsiya yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi. Shuningdek, Urugvay, Ekvador, Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish masalasini hal qildi. Afrikada Saloh va Mane qarama-qarshiligi kutilmoqda, Shimoliy va Markaziy Amerika mintaqasi uchun uchta yo‘llanmaga beshta terma jamoa da’vogarlik qilmoqda.

Qatar 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?
7 sentabr 2021, 09:00

Qatar 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

2022 yili futbol bo‘yicha jahon chempionati ilk bor Qatarda va ilk bor qish faslida o‘tkaziladi. Eng qimmat jahon chempionatida muxlislarni nima kutmoqda, Qatar tashkilotchilik yo‘lida qanday muammolarga duch keldi va jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? Bularning barchasi haqida «Gazeta.uz» maqolasida batafsil.

JCH-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston Yaman ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi
12 iyun 2021, 02:30

JCH-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston Yaman ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman terma jamoasiga bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Jaloliddin Masharipov tomonidan penaltidan kiritildi. Ikkinchi bo‘limda esa Odil Ahmedov Yaman darvozasi tomon qo‘yilgan ikkinchi penaltini golga aylantira olmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting