Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71 200 AQSh dollari muomalaga kiritilishi oldi olindi.
Chilonzor tumanida qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ular fuqaroga pullarni 10 ming dollarga sotgan.
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 8370 dolla qalbaki dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi.
Sergeli tumanida to‘rt nafar fuqaro 100 ming qalbaki AQSh dollarini 70 ming dollarga sotishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Muborak tumanida yashovchi shaxs Qozog‘istondan olib kelingan 5 ming AQSh dollarini 25 million so‘mga sotayotgan vaqtida gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qalbaki 8300 dollar muomalaga chiqarilishining oldi olindi.
Avgust boshida Toshkentda Spark avtomobili salonidan qariyb 16 ming qalbaki dollar topilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qalbaki pul yasash va ularni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni 8 ming dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi.
Namanganda Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan qalbaki 10 600 dollar muomalaga kiritilishining oldi olindi. Mazkur mablag‘larni saqlab kelayotgan va kelgusida Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan ikki fuqaro qo‘lga olingani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida bir nechta fuqaro bankomat orqali qalbaki 2 ming dollarni so‘mga almashtirib olganlikda gumonlanmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting