«prezidentlik saylovlari» tegli maqolalar


25 oktabr 2021, 17:48

«Camarali islohotlarga qaramay, saylovlarga haqiqiy raqobat muhiti yetishmadi» — YeXHT va PA missiyasi

YeXHT va Yevropa parlamentining hamkorlikdagi missiyasi «ko‘plab jiddiy qonunbuzarliklar» kuzatilganini qayd etdi: ko‘plab saylovchilar tegishli tartiblar qo‘llanilmagan tarzda saylovchilar ro‘yxatiga qo‘shilgan, hujjatlarsiz saylov byulletenlari topshirilgan, boshqalar nomidan ovoz berish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Bir qator saylov uchastkalarida kuzatuvchilar bir nechta byulletenlar tashlangan vaziyatlarga ham guvoh bo‘lishgan.

21 oktabr 2021, 16:09

«Odamlar meni tushunmayotgan paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi?» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi nomzodi toshkentlik saylovchilar uchrashuvda g‘alabadan umidvor emasligini, biroq, odamlar albatta o‘zgarishini ta’kidladi. «Odamlar meni tushunmayotgan paytda g‘alabadan umidvor bo‘lishim mumkinmi? Afsus bilan aytish kerak, agar odamlar meni tushunmayotgan bo‘lsa menga ovoz bermaydi», — dedi Alisher Qodirov. U saylov kampaniyasi boshida prezident saylovlarida g‘alaba qozonish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

14 oktabr 2021, 13:28

Afg‘onistondan Amerikagacha: Xorijdagi o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarda ovoz bera olishi ma’lum bo‘ldi

Afg‘onistondan Amerikagacha — MSK qaysi xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonliklar uchun saylov uchastkalari tashkil etilishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, xorijdagi saylovchilar diplomatik vakolatxonlarda tuzilgan uchastkalarda ro‘yxatga olinadi hamda saylov o‘tkazilish joyi va vaqti haqida xabardor qilinadi.

7 avgust 2021, 11:18

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida O‘zLiDeP partiyasidan qatnashadi

O‘zLiDeP partiyasi oktyabr oyidagi prezidentlik sayloviga amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatmoqchi ekanligini e’lon qildi.

29 dekabr 2020, 14:05

«Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o‘tkazilishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida O‘zbekiston 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini o‘tkazish masalasiga to‘xtaldi. «Biz o‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalarini milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz», — dedi davlat rahbari.

3 noyabr 2020, 09:44

AQSHda prezident qanday saylanadi?

3 noyabr kuni AQSHda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Prezidentlik uchun respublikachilar partiyasidan bo‘lgan amaldagi prezident Donald Tramp va demokratlar nomzodi Jo Bayden kurashadi. Saylov jarayoni qanday kechadi, kimning ovozlari ahamiyatga ega, kim g‘olib bo‘ladi va qaysi shtatlar qanday nomzodlarga ovoz beradi — ushbu savollarga Illinoys universiteti doktoranti Ikromjon To‘xtasunov oydinlik kiritadi.

1 avgust 2020, 18:10

Belarusda eng yirik miting bo‘lib o‘tdi

Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlash uchun 30 iyul kuni Minskda o‘tkazilgan miting 63 mingga yaqin odamni to‘pladi (huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra). Bu mamlakatdagi eng yirik mitingga aylandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting