«prezident» tegli maqolalar


13 oktabr 2020, 15:43

Prezident suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududda qurilgan «Yangi O‘zbekiston» mahallasini borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridan zarar ko‘rgan hududlardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga keldi. Davlat rahbari «Yangi O‘zbekiston» mahallasida bo‘lib, «Agar xalqimizga ma’qul bo‘lsa, bunday uylarni boshqa hududlarda, aholi zich shaharlarda ham quramiz», — dedi.

7 oktabr 2020, 18:55

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Qirg‘izistondagi vaziyat tez orada barqarorlashishiga umid bildirdilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqotda Qirg‘izistondagi vaziyat tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdilar.

1 oktabr 2020, 12:17

«Endi chegaralarni yopmaymiz, endi internet uzluksiz ishlaydi» — prezident

O‘zbekiston endi chegaralarni yopmaydi, endi internet uzluksiz ishlaydi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, OAV bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi yo‘q.

4 sentabr 2020, 20:20

Prezident O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

O‘rmonlarda sayyohlik ob’ektlari tashkil etiladi. Prezident kelgusi yilda ekologiya va ov turizmidan daromadlarni 10−15 baravarga oshirish mumkinligini ta’kidladi. Mebelsozlar uchun pavlovniya va boshqa mebelbop daraxtlar yetishtirish uchun yer ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.

31 avgust 2020, 12:15

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi

31 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari mamlakat mustaqilligining 29 yillik bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.

29 avgust 2020, 17:18

Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi

Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.

29 avgust 2020, 16:33

Prezident metroning «Bodomzor» bekatidan yangi «Turkiston» bekatigacha poyezdda bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev poytaxt atrofida aylanma yo‘lni bosib o‘tib, metroning «Bodomzor» stansiyasidan yangi «Turkiston» stansiyasiga poyezdda bordi. Yunusobod yo‘lini yakunlaydigan ikkita yangi bekat kuniga 7500 yo‘lovchiga xizmat qiladi.

28 avgust 2020, 19:41

Prezident COVID-19 bo‘yicha haqiqiy raqamlarni yashirmaslik to‘g‘risida ogohlantirdi

Prezident barcha rahbarlarni COVID-19 bo‘yicha haqiqiy raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirdi. Bunga uringanlarga jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rilishi mumkin. To‘y-marosimlarni bir kunda 3−4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

20 avgust 2020, 18:59

Prezident pandemiya sharoitida Mustaqillik bayramini nishonlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida Mustaqillik bayramini nishonlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, davlat rahbari aholi karantin qoidalariga amal qilmasa, karantin cheklovlari qaytadan tatbiq etilishini ta’kidladi.

12 avgust 2020, 19:43

Hududlarda «sanoat klasterlari» tashkil etiladi

Prezident bosh vazir o‘rinbosariga har bir hududda «sanoat klasterlari» tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Xususan, Namanganda to‘qimachilik, Navoiyda qurilish materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, poytaxtda elektronika va mebel bo‘yicha «sanoat klasterlari»ni tashkil etish mumkinligi ta’kidlandi.

10 avgust 2020, 22:48

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko telefon orqali muloqotda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, o‘zaro muloqotni jadallashtirishga kelishib olindi.

5 avgust 2020, 15:31

Poytaxt hududi kengaytiriladi

Shahardan Toshkent viloyatiga 1010 ga, viloyatdan poytaxtga 10196 ga yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Prezident poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

4 avgust 2020, 19:20

Prezident vaksina xarid qilish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosariga tez orada vaksina ishlab chiqarishni boshlashi kutilayotgan Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalaridan vaksinani xarid qilish va mamlakat aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

1 avgust 2020, 17:57

Prezident Musa Yerniyazov vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida qatnashdi

Nukus shahrida Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a’zolariga va xalqqa chuqur hamdardlik bildirdi.

1 avgust 2020, 17:05

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi

«Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi». Shavkat Mirziyoyev Nukusga yetib keldi va Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.

28 iyul 2020, 21:01

«Kasallarni davolashga ham, iqtisodiyotni ishlatishga ham majbur va mas’ulmiz» — prezident

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda Buxoro, Farg‘ona, Samarqand va boshqa viloyatlarda pnevmoniya holatlari ko‘paygani ta’kidlandi. Respublika maxsus komissiyasiga malakali mutaxassislardan iborat guruhlar tuzib, har bir hududga yuborish hamda bemorlarni davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

27 iyul 2020, 20:44

Yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy o‘rganilib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlari qisqartiriladi.

23 iyul 2020, 19:39

Prezident amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirishga rozilik bildirdi

Prezident koronavirus yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirishga rozilik bildirdi.

21 iyul 2020, 20:23

Prezident «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi o‘n kunda 16 nafar rahbar ishdan bo‘shatilgan, «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasiga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat rahbari tizimga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

21 iyul 2020, 06:29

«Chiqish man etiladi. Olib kelib beramiz hamma narsani» — prezident

Shavkat Mirziyoyev uyda davolanayotgan alomatlarsiz bemorlar bilan poliklinikalar shifokorlari doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishi bo‘yicha topshiriq berdi. «Chiqish man etiladi. Olib kelib beramiz hamma narsani. Agar u ko‘chaga chiqsa zararlanish ehtimoli 200 foiz boshqa odamlarning», — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting