Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi «Yangi Toshkent» mahallasini borib ko‘rdi. Bu yerda 130 ta kottej ta’mirlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridan zarar ko‘rgan hududlardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatiga keldi. Davlat rahbari «Yangi O‘zbekiston» mahallasida bo‘lib, «Agar xalqimizga ma’qul bo‘lsa, bunday uylarni boshqa hududlarda, aholi zich shaharlarda ham quramiz», — dedi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqotda Qirg‘izistondagi vaziyat tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdilar.
O‘zbekiston endi chegaralarni yopmaydi, endi internet uzluksiz ishlaydi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, OAV bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi yo‘q.
O‘rmonlarda sayyohlik ob’ektlari tashkil etiladi. Prezident kelgusi yilda ekologiya va ov turizmidan daromadlarni 10−15 baravarga oshirish mumkinligini ta’kidladi. Mebelsozlar uchun pavlovniya va boshqa mebelbop daraxtlar yetishtirish uchun yer ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.
31 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari mamlakat mustaqilligining 29 yillik bayrami munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Toshkent yerusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poyezdda yurdi.
Shavkat Mirziyoyev poytaxt atrofida aylanma yo‘lni bosib o‘tib, metroning «Bodomzor» stansiyasidan yangi «Turkiston» stansiyasiga poyezdda bordi. Yunusobod yo‘lini yakunlaydigan ikkita yangi bekat kuniga 7500 yo‘lovchiga xizmat qiladi.
Prezident barcha rahbarlarni COVID-19 bo‘yicha haqiqiy raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirdi. Bunga uringanlarga jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralar ko‘rilishi mumkin. To‘y-marosimlarni bir kunda 3−4 marta o‘tkazish holatlariga chek qo‘yish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida Mustaqillik bayramini nishonlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, davlat rahbari aholi karantin qoidalariga amal qilmasa, karantin cheklovlari qaytadan tatbiq etilishini ta’kidladi.
Prezident bosh vazir o‘rinbosariga har bir hududda «sanoat klasterlari» tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Xususan, Namanganda to‘qimachilik, Navoiyda qurilish materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, poytaxtda elektronika va mebel bo‘yicha «sanoat klasterlari»ni tashkil etish mumkinligi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko telefon orqali muloqotda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilib, o‘zaro muloqotni jadallashtirishga kelishib olindi.
Shahardan Toshkent viloyatiga 1010 ga, viloyatdan poytaxtga 10196 ga yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Prezident poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosariga tez orada vaksina ishlab chiqarishni boshlashi kutilayotgan Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalaridan vaksinani xarid qilish va mamlakat aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Nukus shahrida Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a’zolariga va xalqqa chuqur hamdardlik bildirdi.
«Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi». Shavkat Mirziyoyev Nukusga yetib keldi va Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.
Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda Buxoro, Farg‘ona, Samarqand va boshqa viloyatlarda pnevmoniya holatlari ko‘paygani ta’kidlandi. Respublika maxsus komissiyasiga malakali mutaxassislardan iborat guruhlar tuzib, har bir hududga yuborish hamda bemorlarni davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy o‘rganilib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlari qisqartiriladi.
Prezident koronavirus yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirishga rozilik bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi o‘n kunda 16 nafar rahbar ishdan bo‘shatilgan, «talon-torojlik va korrupsiya avj olgan» kadastr sohasiga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat rahbari tizimga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting