«prezident farmoni» tegli maqolalar


11 may 2021, 19:36

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining pensiyasi 2,5 mln so‘m etib belgilandi

Prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 2,5 mln so‘m pensiya tayinlashga oid farmonni imzoladi. Ushbu tartib 10 maydan boshlab amal qiladi. Hozirga qadar urush faxriylarining pensiyasi 800 ming so‘mni tashkil etgan edi.

10 may 2021, 21:51

2021 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni tasdiqladi. Bayramlar vaqtida eng kamida uch kun dam olinadi.

6 may 2021, 11:45

Respublika tibbiyot muassasalari rahbarlari og‘ir sharoitli tumanlarga borib ishlaydi

Prezident farmoniga asosan respublika tibbiyot muassasalari rahbar va mutaxassislari og‘ir sharoitli tumanlarning tibbiyot birlashmalarida shartnoma asosida ishlaydi. Ularning asosiy ish joyidagi oyligi saqlanib qoladi hamda tuman tibbiyot birlashmasidagi lavozimidan ham maosh oladi. Bundan tashqari, oilaviy poliklinikalarga 2021−2022 yillarda 10 mingtadan o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari ajratiladi.

16 aprel 2021, 11:36

Uzbekistan Airways va yana 14 kompaniya IPO o‘tkaziladigan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritildi

Uzbekistan Airways, «O‘zmetkombinat», «O‘zbekneftegaz», «O‘zmilliybank» va «O‘ztransgaz» kabi boshqa kompaniyalar 2021−2023 yillarda aksiyalari fond birjasida ommaviy savdo uchun joylashtiriladigan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritildi.

14 aprel 2021, 15:43

Maktab va oliygohlarda «Moliyaviy savodxonlik» fani o‘qitiladi

Prezident farmoniga asosan umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda OTM talabalari uchun «Moliyaviy savodxonlik» o‘quv kursini fan sifatida joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

27 mart 2021, 15:09

Tayanch punktlari o‘rniga mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi

Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari asosida mahalla huquqni muhofaza qilish punktlari tashkil etilmoqda. 1 iyunga qadar Toshkent va Samarqand viloyatlarida profilaktika inspektorlariga masofadan turib murojaat qilish mumkin bo‘lgan «Smart mahalla» tizimi joriy etiladi. Ichki ishlar vazirligi tarkibida beshta yangi bo‘lim shakllantirildi.

26 mart 2021, 12:38

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan SSV huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari va pansionatlar agentlik tizimiga o‘tkaziladi. Muassasalar rekonstruksiyasiga 428 mlrd so‘m ajratiladi.

11 mart 2021, 18:38 2

O‘zbekistonliklarga uy olish va qurish uchun 20 yilga kam foizli kreditlar hamda subsidiyalar beriladi — prezident farmoni

Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni o‘tkazgan videoselektorda «2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur», deya ta’kidlagan edi. Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning huquqiy asosi sifatida prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, O‘zbekiston aholisiga uy olish va o‘z mustaqil qurishi uchun 20 yillik kam foizli ipoteka kreditlari hamda ularga subsidiyalar ajratiladi. Batafsil.

1 mart 2021, 11:01

Mamlakat bo‘ylab sayohat uchun turistik yig‘im va chegirmalar miqdori tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqarolaridan undiriladigan turistik yig‘im miqdori tasdiqlandi. U BHMning 0,4 foizi yoki kuniga 980 so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, mahalliy sayyohlar uchun yangi joriy qilingan aviaqatnovlar hamda temiryo‘l chiptalariga chegirmalar qo‘llaniladi.

10 fevral 2021, 22:06

Endilikda prezident topshiriqlarining ijrosi Ijro.gov.uz tizimi orqali nazorat qilinadi

Prezident farmoni bilan hujjatlar va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etilmoqda.Adliya vazirligi topshiriqlar va ularning muddatlari, ijrochi mas’ullarni kiritib boradi. Har oyda prezident Administratsiyasi hamda Hukumatga hisobot taqdim etadi. Ijroni o‘z vaqtida ta’minlamagan mansabdorlar jazolanadi.

9 fevral 2021, 22:28

Bayramlar arafasida ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun bo‘ladi

Navro‘z, Mustaqillik kuni, Yangi yil, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun etib belgilanadi.

2 dekabr 2020, 16:41

2021 yildan mol-mulk solig‘i kadastr qiymati asosida hisoblanadi

2021 yil yanvardan mol-mulk va yer soliqlarini kadastr qiymati asosida hisoblash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Birinchi bosqichda mazkur tizim kvartira, yakka tartibdagi uy-joy va dala-hovlilar uchun qo‘llaniladi.

30 noyabr 2020, 16:05

Ikki qavatdan yuqori inshootlarni qurishda loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi

2021 yil 1 martdan ikki qavatdan yuqori hamda balandligi 12 metrdan oshiq bino va inshootlarni loyiha hujjatlari ekspertizasini o‘tkazmasdan qurish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi.

17 noyabr 2020, 12:02

Qishloq vrachlik punkti — oilaviy shifokor punkti etib o‘zgartiriladi

Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti — oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi — oilaviy poliklinika deb qayta nomlanadi. OTMni oxirgi 3 yilda tamomlab, qishloq joyga ishlashga borganlarga 30 mln so‘m pul mukofoti beriladi. Ular uy-joy bilan ham ta’minlanadi.

13 noyabr 2020, 15:33

O‘quvchilarga qiziqishiga qarab fanlarni tanlab o‘qish imkoni beriladi

Yangi milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, endilikda nazariya va amaliyot teng taqsimlanadi. Fanlar soni va o‘quv yuklamalari o‘quvchilar qiziqishiga qarab belgilanib, spiralsimon tarzda o‘qitiladi.

10 noyabr 2020, 15:23

Maktablar tajriba tariqasida xususiy boshqaruvga o‘tishni boshlaydi

Tajriba sifatida maktablar xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi. Ularda ta’lim bepul qolishi va maktab boshqaruvchisi o‘quv muassasasini ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Davlat byudjetidan ta’lim muassasalarini ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilmaydi.

31 oktabr 2020, 15:07 18

O‘zbekistonliklarga yurgani uchun pul to‘lanadi

Fuqarolarga bir kun davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurganlari uchun 3 ming so‘m, bir oy davomida bosib o‘tilgan eng ko‘p qadamlar uchun esa 1 mln so‘m to‘lanishi belgilandi. Buning uchun har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.

31 oktabr 2020, 10:58

Davlat organlari rahbarlari sport bilan shug‘ullanishadi

2021 yildan boshlab davlat organlari rahbarlari va barcha xodimlari ish vaqtidan so‘ng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishadi. Rahbarlar shaxsiy na’munalari orqali semizlik darajasini kamaytirish, vazn ko‘rsatkichlarini yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash uchun qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat organlari jamoa shartnomalarida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari joriy qilinadi.

30 oktabr 2020, 14:01

2021 yilda 2 ta, 2025 yilda 10 ta venchur jamg‘armalari tashkil qilinadi

O‘zbekistonda yetakchi investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021 yilda 2 ta, 2025 yilda 10 ta venchur jamg‘armalari tashkil qilinadi. Ilmiy tashkilotlar rahbarlari lavozimiga ustuvor ravishda ilm-fan tizimini boshqarish ko‘nikmasiga va iqtisodiy bilimga ega bo‘lgan yosh mutaxassislar tayinlanadi.

28 oktabr 2020, 12:09

Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi

Umumiy maydoni 20,2 ming kv. m. bo‘lgan DXX sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi. Farmonda ta’kidlanishicha, davlat ob’ektlari «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi. Bundan tashqari, sobiq Respublika birja markazi binosi, Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi va boshqa inshootlar ham sotuvga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting