Prezident farmoni bilan SSV huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari va pansionatlar agentlik tizimiga o‘tkaziladi. Muassasalar rekonstruksiyasiga 428 mlrd so‘m ajratiladi.
Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni o‘tkazgan videoselektorda «2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur», deya ta’kidlagan edi. Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning huquqiy asosi sifatida prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, O‘zbekiston aholisiga uy olish va o‘z mustaqil qurishi uchun 20 yillik kam foizli ipoteka kreditlari hamda ularga subsidiyalar ajratiladi. Batafsil.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston fuqarolaridan undiriladigan turistik yig‘im miqdori tasdiqlandi. U BHMning 0,4 foizi yoki kuniga 980 so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, mahalliy sayyohlar uchun yangi joriy qilingan aviaqatnovlar hamda temiryo‘l chiptalariga chegirmalar qo‘llaniladi.
Prezident farmoni bilan hujjatlar va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning yangi tizimi joriy etilmoqda.Adliya vazirligi topshiriqlar va ularning muddatlari, ijrochi mas’ullarni kiritib boradi. Har oyda prezident Administratsiyasi hamda Hukumatga hisobot taqdim etadi. Ijroni o‘z vaqtida ta’minlamagan mansabdorlar jazolanadi.
Navro‘z, Mustaqillik kuni, Yangi yil, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun etib belgilanadi.
2021 yil yanvardan mol-mulk va yer soliqlarini kadastr qiymati asosida hisoblash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Birinchi bosqichda mazkur tizim kvartira, yakka tartibdagi uy-joy va dala-hovlilar uchun qo‘llaniladi.
2021 yil 1 martdan ikki qavatdan yuqori hamda balandligi 12 metrdan oshiq bino va inshootlarni loyiha hujjatlari ekspertizasini o‘tkazmasdan qurish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi.
Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti — oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi — oilaviy poliklinika deb qayta nomlanadi. OTMni oxirgi 3 yilda tamomlab, qishloq joyga ishlashga borganlarga 30 mln so‘m pul mukofoti beriladi. Ular uy-joy bilan ham ta’minlanadi.
Yangi milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, endilikda nazariya va amaliyot teng taqsimlanadi. Fanlar soni va o‘quv yuklamalari o‘quvchilar qiziqishiga qarab belgilanib, spiralsimon tarzda o‘qitiladi.
Tajriba sifatida maktablar xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi. Ularda ta’lim bepul qolishi va maktab boshqaruvchisi o‘quv muassasasini ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Davlat byudjetidan ta’lim muassasalarini ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilmaydi.
Fuqarolarga bir kun davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurganlari uchun 3 ming so‘m, bir oy davomida bosib o‘tilgan eng ko‘p qadamlar uchun esa 1 mln so‘m to‘lanishi belgilandi. Buning uchun har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.
2021 yildan boshlab davlat organlari rahbarlari va barcha xodimlari ish vaqtidan so‘ng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishadi. Rahbarlar shaxsiy na’munalari orqali semizlik darajasini kamaytirish, vazn ko‘rsatkichlarini yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash uchun qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat organlari jamoa shartnomalarida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari joriy qilinadi.
O‘zbekistonda yetakchi investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021 yilda 2 ta, 2025 yilda 10 ta venchur jamg‘armalari tashkil qilinadi. Ilmiy tashkilotlar rahbarlari lavozimiga ustuvor ravishda ilm-fan tizimini boshqarish ko‘nikmasiga va iqtisodiy bilimga ega bo‘lgan yosh mutaxassislar tayinlanadi.
Umumiy maydoni 20,2 ming kv. m. bo‘lgan DXX sobiq binosi xususiy sektorga sotiladi. Farmonda ta’kidlanishicha, davlat ob’ektlari «1 so‘m» boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi. Bundan tashqari, sobiq Respublika birja markazi binosi, Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi va boshqa inshootlar ham sotuvga qo‘yiladi.
O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 113 nafar fuqaro afv etildi. Prezident bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi.
Prezident farmoni bilan Bo‘stonliq tumanida 2022 yil yakunigacha alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinadi. Ushbu hududga bosh vazir o‘rinbosari mas’ul shaxs etib tayinlandi. Unga hududni boshqarish Direksiyasi bilan birgalikda tumanni har tomonlama rivojlantirish vazifasi yuklatildi.
Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) rektori Anatoliy Torkunovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarni qiynash, ularga nisbatan shafqatsiz va kamsituvchi muomalada bo‘lish, ushlangan shaxsning huquqlarini poymol qilishning oldini olishga alohida urg‘u qaratildi.
Tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega bo‘lgan shaxslar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga jalb qilinadi.
O‘zbekistonda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Shu bilan birga, 1 avgustdan boshlab alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting