Shavkat Mirziyoyev Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) rektori Anatoliy Torkunovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan fuqarolarni qiynash, ularga nisbatan shafqatsiz va kamsituvchi muomalada bo‘lish, ushlangan shaxsning huquqlarini poymol qilishning oldini olishga alohida urg‘u qaratildi.
Tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega bo‘lgan shaxslar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga jalb qilinadi.
O‘zbekistonda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Shu bilan birga, 1 avgustdan boshlab alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi.
Shavkat Mirziyoyev 258 kishini koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi. Mukofotlanganlar orasida 6 nafar vafot etgan tibbiyot va boshqa sohalar vakillari ham bor.
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan tibbiyot doktori, professor Amrillo Inoyatov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
Prezident suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020−2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, mamlakat suv xo‘jaligi sohasida 10 yilda qator ko‘rsatkichlarini yaxshilab, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etadi. Konsepsiya ijrosi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. Shuningdek, Suv kodeksi ishlab chiqiladi.
Prezident mamlakatda raqobat muhitini rivojlantirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. 1 oktyabrdan boshlab besh yoki undan ortiq xususiy kompaniyalar mavjud bo‘lgan bozorlarda davlat korxonalarini tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting