«parkent tumani» tegli maqolalar


Parkent tumaniga hokim tayinlandi
8 aprel 2024, 16:18

Parkent tumaniga hokim tayinlandi

“Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasi raisi birinchi o‘rinbosari Sardor Isakulov Toshkent viloyatining Parkent tumani hokimi bo‘ldi. Sobiq hokim faoliyatidagi kamchiliklari uchun ishdan olindi.

Toshkent viloyatida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i fermerning ikki bosh qo‘yini olib ketdi
26 sentabr 2023, 20:56

Toshkent viloyatida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i fermerning ikki bosh qo‘yini olib ketdi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i aniqlandi. Ayiq qishloqqa ozuqa izlab kelib, fermerning ikki bosh qo‘yini olib ketdi. Ekologiya boshqarmasi xodimlari jonivor aniqlangan hududni nazoratga oldi.

«Jar yoqalab maktabga ketayotgan bolalar». Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi
26 sentabr 2022, 10:01

«Jar yoqalab maktabga ketayotgan bolalar». Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi

Parkent tumanining Obisher ko‘chasida bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan tasvirlarga tuman hokimligi munosabat bildirib, hashar yo‘li bilan qurilgan yo‘lga bahordagi yog‘ingarchilik jiddiy zarar yetgazganini aytdi. Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi.

Toshkent viloyatida XVI-XVII asrlarga oid mis tangalar topildi
20 sentabr 2022, 12:16

Toshkent viloyatida XVI-XVII asrlarga oid mis tangalar topildi

Parkent tumanidagi xonadonlarning birida XVI-XVII asrlarga oid mis tangalar topildi. Ularning soni 939 ta ekanligi aniqlanib, o‘rganish va davlatga topshirish uchun uy egalaridan olindi.

Parkent tumani hokimligi arxeologiya yodgorligini tadbirkorga sotib yuborgani aniqlandi
2 fevral 2022, 12:10

Parkent tumani hokimligi arxeologiya yodgorligini tadbirkorga sotib yuborgani aniqlandi

2018 yilda Parkent tumani hokimligi «Tepa (Kultepa)» arxeologiya yodgorligiga tegishli 2 gektar yerni tadbirkorga xom g‘isht ishlab chiqarish uchun auksion orqali sotib yuborgan. 2020 yilda esa tadbirkor ushbu yerni boshqa bir jamiyatga sotib yuborgan. Xom g‘isht ishlab chiqarish uchun esa yodgorlik hududidan tuproq qazib olingan. Antikorrupsiya agentligi buning natijasida tadbirkor madaniy meros obyektiga 1,5 trln so‘mlik moddiy zarar yetkazganini aniqladi.

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirdi
18 oktabr 2021, 15:29

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirdi

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Ularga «qamoq» va «uy qamog‘i» ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Prokuratura jinoyat ishini sudga oshirdi.

Parkent tumanida soyda cho‘milayotgan ayol samosud qilindi
26 iyul 2021, 10:36

Parkent tumanida soyda cho‘milayotgan ayol samosud qilindi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan soyda cho‘milayotgan ayol boshqa bir ayol tomonidan kaltaklandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi
17 mart 2021, 10:49

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi direktori lavozimida ishlagan Shoxruh Shoahmedov Shoraximovich Parkent tumaniga hokim etib tayinlandi.

Parkent tumanidagi suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga yordam berilishi kutilmoqda
28 oktabr 2020, 13:25

Parkent tumanidagi suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga yordam berilishi kutilmoqda

Parkent tumanida bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi ichimlik suvi rezervuarining yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinidan zarar ko‘rgan dala hovlilarining bino va inshootlari hamda boshqa kommunal tarmoqlarda qurilish-tiklash ishlari boshlandi.

«Bu kichik Sardoba» — Parkent tumani posyolkasidagi vayron bo‘lgan uylarning egalari
26 oktabr 2020, 13:05

«Bu kichik Sardoba» — Parkent tumani posyolkasidagi vayron bo‘lgan uylarning egalari

Parkent tumanidagi bir qator dala hovlilar joylashgan posyolkalarning birida 20 oktabr kuni suv sisternasi yorildi. «Gazeta.uz» muxbiri jabrlangan aholi va tuman hokimiyati bilan suhbatlashib, sisterna kimga tegishli ekanligi, dala hovli egalarining hozirda qanday ehtiyojlari borligi va ular nimaga suyanishlari mumkinligini o‘rgandi.

Parkent tumani hokimligi Captiva sotib olgani yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi
21 sentabr 2020, 10:27

Parkent tumani hokimligi Captiva sotib olgani yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi

Parkent tumani hokimligi hokimning o‘g‘li tasischi bo‘lgan kompaniyadan Captiva avtomobili xarid qilgan. Toshkent viloyati matbuot xizmatining tushuntirishicha, kompaniya mashina hokimlikka 2019 yilda topshirgan, lekin hokimiyatda yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi bois pul o‘tkazmalarini keyinroq amalga oshirishga rozilik bergan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting