«o‘zbekneftegaz» tegli maqolalar


Ayrim toifadagi shaxslarga benzin uchun to‘lanadigan tovon puli miqdori 55 foizga oshirildi
6 iyul 2023, 21:19

Ayrim toifadagi shaxslarga benzin uchun to‘lanadigan tovon puli miqdori 55 foizga oshirildi

O‘zbekiston hukumati benzin uchun tovon puli miqdorini 55 foizga oshirdi. Har oylik to‘lovlar ayrim toifadagi shaxslarga beriladi.

“O‘zbekneftgaz” benzin ishlab chiqarish keskin kamayganiga izoh berdi
2 iyul 2023, 13:39

“O‘zbekneftgaz” benzin ishlab chiqarish keskin kamayganiga izoh berdi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida rejali ta’mirlash ishlari tufayli “O‘zbekneftgaz” korxonalarida benzin ishlab chiqarish 71,3 foizga qamaydi. Kompaniya ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilga nisbatan oshirishini qayd etdi. “Gazeta.uz” yil boshidan buyon benzin ishlab chiqarish bir necha bor pasayganini yozgandi.

Ayrim AYOQSHlarda Ai-80 benzini narxi 7500 so‘mgacha ko‘tarildi
5 iyul 2022, 13:10

Ayrim AYOQSHlarda Ai-80 benzini narxi 7500 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekistondagi ba’zi AYOQSHlarda benzin narxi keskin ko‘tarildi. Xususan, bir litr Ai-80 — 7,5 ming so‘mgacha, Ai-92 — 10 ming so‘mgacha, Ai-95 benzini esa — 11 ming so‘mgacha sotilmoqda. “O‘zbekneftgaz” esa o‘ziga qarashli shoxobchalarda Ai-80 benzini narxi o‘zgarmaganini ma’lum qildi.

«O‘zbekneftgaz» va Uzbekistan Airways xususiylashtiriladi, aeroportlar xususiy sektor boshqaruviga beriladi
9 aprel 2022, 15:03

«O‘zbekneftgaz» va Uzbekistan Airways xususiylashtiriladi, aeroportlar xususiy sektor boshqaruviga beriladi

«O‘zbekneftegaz», «Issiqlik elektr stansiyalari» va Uzbekistan airways kompaniyalarini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. Qolaversa, UzAuto Motors aksiyalarining bir qismini sotish, Toshkent va hududiy xalqaro aeroportlarni xususiy sektor boshqaruviga berish ko‘zda tutilgan. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi uning tarkibidan pudrat va ishlab chiqarish korxonalarini chiqarish orqali isloh qilinadi.

2021 yilda «O‘zbekneftgaz» tizimida 717 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi
20 yanvar 2022, 10:08

2021 yilda «O‘zbekneftgaz» tizimida 717 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» jamiyati tizimida 2021 yilda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 717,9 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shundan 91,9 mlrd so‘m kamomad va o‘zlashtirishlar, 57,8 mlrd so‘m jamiyatga zarar, 219,9 mlrd so‘m boshqa xato va kamchiliklarni tashkil qildi.

«O‘zbekneftgaz»ga tegishli AYOQSHlarda Ai-80 markali benzin narxi tushiriladi
26 noyabr 2021, 17:37

«O‘zbekneftgaz»ga tegishli AYOQSHlarda Ai-80 markali benzin narxi tushiriladi

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 26 noyabr kuni soat 20:30dan boshlab Ai-80 markadagi benzinning 1 litri 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi. Qayd etilishicha, respublika hududidagi «O‘zbekneftgaz»ning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi.

30−35 yil davomida barchasi «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi uchun qilingan — energetika vaziri
30 noyabr 2020, 14:37

30−35 yil davomida barchasi «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi uchun qilingan — energetika vaziri

Energetika vaziri Alisher Sultonov Alter Ego loyihasida bergan intervyusida 30−35 yil davomida barchasi «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi uchun qilingani, kompaniyaga beg‘araz ajratilgan 400,9 mlrd so‘mlik subsidiyalar hamda tizimdagi korrupsiya haqida to‘xtaldi. U o‘zi shu kompaniyaga rahbar bo‘lgan vaqtda ushbu muammolarni bartaraf etmagani sababini ham ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting