«orolbo‘yi» tegli maqolalar


2023-yilda Orol dengizining 100 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo etiladi
14 fevral 2023, 11:00

2023-yilda Orol dengizining 100 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo etiladi

Joriy yilda Orol dengizining qurigan 100 ming gektar maydonida himoya o‘rmonzorlari tashkil etiladi. Hukumat farmoyishiga ko‘ra, buning uchun bir qancha jamg‘armalar, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston budjetining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 25 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

AQSh Qoraqalpog‘istonga $3 mlnlik gumanitar yordam yubordi
27 may 2022, 10:59

AQSh Qoraqalpog‘istonga $3 mlnlik gumanitar yordam yubordi

AQShning Project CURE xayriya tashkiloti Qoraqalpog‘istonga tibbiy asbob-uskunalardan iborat 3 mln dollarlik gumanitar yordam yubordi. To‘rtta konteynerning har birida UZI uskunalari, IVL, kislorod konsentratorlari, rentgen skanerlari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun inkubatorlar, defibrillyatorlar va boshqalar mavjud. Uskunalar taxminan iyun oyida yetib kelishi va 24 ta tibbiyot muassasasiga taqdim etilishi kutilmoqda.

Project CURE Orolbo‘yi shifoxonalariga 3 mln dollarlik tibbiy jihozlarni yetkazib beradi
11 fevral 2022, 17:01

Project CURE Orolbo‘yi shifoxonalariga 3 mln dollarlik tibbiy jihozlarni yetkazib beradi

AQShning Project CURE xayriya tashkiloti Orolbo‘yi mintaqasiga 3 mln dollarlik gumanitar yuklarni yubordi. Umumiy hajmi qariyb 7 tonnani tashkil etgan tibbiy jihozlar rentgen skanerlari, laboratoriya asboblari, kislorod ballonlari va boshqa tibbiy qurilmalardan tashkil topgan.

Orolbo‘yi haqida qisqasini aytganda — Umid bor!
16 dekabr 2021, 12:30

Orolbo‘yi haqida qisqasini aytganda — Umid bor!

Orol dengizining qurigan tubida qanday jarayonlar sodir bo‘lmoqda? Ushbu hududlarga ekilgan saksovullar unib-o‘sdimi? Ular tevarak-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Bugungi Orolbo‘yi haqida umidli qarashlar bormi? Tuproqshunos, biologiya fanlari doktori Galina Stulina tuproqshunoslik kasbini tanlash sabablari, Orolbo‘yi deganda qaysi hududlar tushunilishi, Orolqum cho‘liga uyushtirilgan ekspeditsiyalar va ushbu hududlarning istiqbollari, ayollarning fandagi muvaffaqiyatlari asoslari haqida.

O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 560 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» tashkil etiladi — Aziz Abduhakimov
23 noyabr 2021, 15:38

O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 560 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» tashkil etiladi — Aziz Abduhakimov

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov mamlakatda 2021 yil oxiriga qadar 560 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» tashkil etilishini ma’lum qildi. Shundan 375 ming gektarida o‘rmonzor barpo etiladi.

Orolbo‘yida kardiologiya markazi ochiladi
19 noyabr 2021, 11:59

Orolbo‘yida kardiologiya markazi ochiladi

Hukumat qarori bilan Orolbo‘yida kardiologiya tibbiyot markazi tashkil etiladi. Markaz Orolbuyi mintaqasidagi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatadi. Markaz kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish, davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga 83 mln yevro miqdorida grant ajratadi
4 noyabr 2021, 15:43

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga 83 mln yevro miqdorida grant ajratadi

Yevropa komissiyasi 2021−2024 yillarda O‘zbekistonga 83 mln yevro miqdorida maqsadli grantlar ajratish, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish maqsadida «Team Europe» tashabbusi doirasida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan birgalikda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qildi
19 may 2021, 08:49

BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. Bu tashabbus bilan O‘zbekiston prezidenti chiqqan edi.

BMT agentliklari Qoraqalpog‘istonda yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi dasturni boshlashdi
29 mart 2021, 18:12

BMT agentliklari Qoraqalpog‘istonda yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi dasturni boshlashdi

BMTning uchta agentligi Qoraqalpog‘istonda 14dan 30yoshgacha bo‘lgan yoshlar va ayollar, hamda nogironligi borlar, ayollar boshchiligidagi oilalar, mehnat muhojirlari va aholining boshqa zaif qatlamlarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid dasturni yo‘lga qo‘yishdi.

Germaniya Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi
27 fevral 2021, 17:34

Germaniya Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi

Germaniya Orolbo‘yi hududini ekologik hamda iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga 8 mln yevro ajratadi. Buni o‘zida aks ettirgan bitim O‘zbekiston va Germaniya tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra, 4 yilga mo‘ljallangan loyiha amalga oshiriladi.

Orolbo‘yida 12 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
16 noyabr 2020, 17:20

Orolbo‘yida 12 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

2020−2022 yillarda Orolbo‘yida umumiy qiymati 12 trln 300 mlrd so‘m bo‘lgan investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Shundan 523 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi va qariyb 20 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting