«omicron» tegli maqolalar


O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirildi
9 yanvar 2022, 17:32

O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirildi

COVID-19`ga qarshi kurash bo‘yicha maxsus komissiya karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Barcha tashkilotlarga xodimlarni faqat emlanganidan keyin ish joyiga kiritishga ruxsat beriladi. Davlat organlariga har qanday tadbir o‘tkazish taqiqlanadi. Aholini to‘liq emlash jarayoni jadallashtiriladi.

O‘zbekistonda «omikron» aniqlanmadi — Nurmat Otabekov
8 yanvar 2022, 17:28

O‘zbekistonda «omikron» aniqlanmadi — Nurmat Otabekov

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» shtammi aniqlanmagan. «Biroq, ortiqcha xotirjamlikka berilish ham yaramaydi… Yangi shtammning yurtimizga kirib kelish ehtimoli yo‘q emas», — dedi u.

Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi koronavirusning «Omisron» shtammini yuqtirib oldi
3 dekabr 2021, 17:52

Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi koronavirusning «Omisron» shtammini yuqtirib oldi

Janubiy Koreyaga Nigeriyadan tashrif buyurgan er-xotin va ularni kutib olgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirusning «Omisron» shtammi aniqlandi. Koreyaliklar 270 ga yaqin kishi bilan muloqotda bo‘lgani, O‘zbekistonlik fuqaro esa tashxis qo‘yilishidan bir kun avval 400 kishi yig‘ilgan diniy muassasaga borgani aytilmoqda.

«Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi». Nurmat Otabekov — Omicron haqida
29 noyabr 2021, 18:21

«Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi». Nurmat Otabekov — Omicron haqida

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov to‘liq emlanganlarda koronavirusning yangi shtammi yengil o‘tishini ma’lum qildi. «Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi», — dedi u. Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, Omicron`ning ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelish ehtimoli yo‘q emas, biroq yangi shtamm uchun alohida protokol ishlab chiqish zaruriyatini vaqt ko‘rsatadi.

JSST COVID`ning yangi shtammini Omikron deb nomlab, uni «xavotirli variant» deb e’lon qildi
27 noyabr 2021, 15:52

JSST COVID`ning yangi shtammini Omikron deb nomlab, uni «xavotirli variant» deb e’lon qildi

JSST Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning B.1.1.529 shtammini «xavotirli variant» deb tasnifladi. Tashkilot unga Omikron deb nom berib, uni virusning boshqa shakllariga qaraganda tezroq tarqalishi mumkinligini qayd etdi. 27 noyabr holatiga virusning yangi shtammi 100 ta holatda qayd etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting