«oltin-valyuta zaxiralari» tegli maqolalar


Oktabrda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi
8 noyabr 2023, 17:12

Oktabrda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket olti oylik kamayishdan so‘ng oktabr oyida deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiralar miqdori sentabrda 2020-yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketgandi. Xalqaro zaxiralar miqdori oshganiga qaramay, oltinning fizik hajmi kamaygan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari avgustda qariyb 1 mlrd dollarga qisqardi
12 sentabr 2023, 15:11

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari avgustda qariyb 1 mlrd dollarga qisqardi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari so‘mning qadrsizlanishi va pul o‘tkazmalari qisqarishi fonida ketma-ket beshinchi oy pasaydi. Avgust oyida zaxiralar deyarli 1 mlrd dollarga kamaydi va 32,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Yil boshidan buyon mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 3,08 mlrd dollarga kamaydi.

Oltin-valyuta zaxiralari minimal talab ko‘rsatkichidan qariyb 4 barobar ko‘p — Markaziy bank
14 iyul 2023, 16:20

Oltin-valyuta zaxiralari minimal talab ko‘rsatkichidan qariyb 4 barobar ko‘p — Markaziy bank

Markaziy bank O‘zbekiston xalqaro zaxiralari bo‘yicha tarqalayotgan xabarlarga bergan munosabatida zaxiralar 11,3 oylik importni qoplashga yetishini bildirdi. Bu minimal talabdan qariyb 4 barobarga ko‘p. Ko‘rsatkich yil boshidan buyon 2 mlrd dollarga kamaygan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari may oyida ham kamaydi
8 iyun 2023, 17:11

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari may oyida ham kamaydi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari aprel oyidagi kabi may oyida ham kamaydi. Zaxiradagi oltin hajmi oy davomida 9,3 tonnaga pasaygan.

Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 230 mln dollarga qisqardi
10 may 2023, 22:49

Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 230 mln dollarga qisqardi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari aprel oyida 230 mln dollarga qisqarib, 35,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu pasayish, asosan, valyuta zaxiralarining qisqarishi bilan bog‘liq.

Oltin arzonlashayotganiga qaramasdan, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshdi
20 iyul 2022, 20:08

Oltin arzonlashayotganiga qaramasdan, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari iyun oyida qariyb 180 mln dollarga oshib, 35,58 mlrd dollarga yetdi. Zaxiralarning ko‘payishi oltin narxi pasayishi fonida sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb $500 mlnga kamaydi
21 iyun 2022, 18:00

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb $500 mlnga kamaydi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari may oyida qariyb 500 mln dollarga kamayib, 35,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Qimmatbaho metallarning fizik hajmi oshgan bo‘lsada, xorijiy valyuta va oltindagi zaxiralar qiymati kamaydi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $745 mlnga ko‘paydi
20 may 2022, 13:13

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari $745 mlnga ko‘paydi

1 may holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 745 mln dollarga ko‘payib, jami 35,9 mlrd dollarni, shu jumladan valyuta qismi 13,5 mlrd dollarni, oltin qismi esa 21,3 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston zaxiralari 205 mln dollarga kamaydi
18 aprel 2022, 11:33

O‘zbekiston zaxiralari 205 mln dollarga kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyi boshida 35,15 mlrd dollargacha qisqardi. Bu pasayish asosan valyuta zaxiralarining kamayishi bilan bog‘liq. Oltin zaxiralarining jismoniy hajmi o‘zgarmagan, ammo qiymati ozroq oshgan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga oshdi
18 mart 2022, 16:01

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga oshdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 935,6 mln dollarga ortib, 1 mart holatida 35,36 mlrd dollarga yetdi. Yalpi zaxiralar o‘sishi xorijiy valyutadagi aktivlar hisobiga (983 mln dollarga ortgan) to‘g‘ri keldi. Oltin zaxiralari esa 50,4 mln dollarga kamaygan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 713,9 mln dollarga kamaydi
21 fevral 2022, 16:43

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 713,9 mln dollarga kamaydi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 feral holatida mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi 34,425 mlrd dollarni tashkil etib, yanvarga nisbatan 713,9 mln dollarga kamaydi. Bunda asosiy rolni xorijiy valyutadagi zaxiralarning 532,6 mln dollarga kamayishi o‘ynagan. Oltin zaxiralari miqdori o‘zgarmagan bo‘lsada, uning qiymati bu oyda 175,1 mln dollarga kamaydi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi qariyb 800 mln dollarga oshdi
17 noyabr 2021, 16:28

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi qariyb 800 mln dollarga oshdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 noyabr holatiga O‘zbekistonning oltin valyuta zaxirasi 35,21 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘tgan oy bilan taqqoslaganda, zaxiralar 797,1 mln dollarga yoki 2,3 foizga o‘sgan. Bunga jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga o‘sdi
10 avgust 2021, 13:40

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga o‘sdi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari avgust boshida 965 mln dollarga oshib, 35,1 mlrd dollarga yetdi. Oltin zaxiralari ham 9,3 tonnadan ko‘proqqa yetdi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi
8 iyun 2021, 16:38

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari may oyiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oshgan bo‘lib, 1 iyun holatiga ko‘ra 35,5 mlrd dollardan ortiqni tashkil qilmoqda.

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 590 mln dollarga kamaydi
14 aprel 2021, 20:45

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 590 mln dollarga kamaydi

Aprel oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 589,1 mln dollarga kamayib, 32,6 mlrd dollarga tushdi. Oltin hajmi oshganiga qaramasdan, qimmatbaho metall narxining tushishi bunga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana kamayishni boshladi
16 fevral 2021, 12:57

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana kamayishni boshladi

1 fevral holati bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 34,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Xalqaro zaxiralarning kamayishiga xorijiy valyutadagi aktivlarning 700 mln dollar miqdorda kamayishi sabab bo‘lgan. Oltin zaxiralari 0,3 mln unsiyaga oshgan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari birdaniga oshdi
21 yanvar 2021, 11:58

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari birdaniga oshdi

O‘zbekiston Oltin-valyuta zaxiralari 2021 yil boshlanganidan beri birdaniga oshdi. 1 yanvar holati bo‘yicha O‘zbekiston rasmiy zaxira aktivlari 34,9 mlrd dollarni, xalqaro zaxiralari esa 33,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaymoqda
16 dekabr 2020, 11:31

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaymoqda

Vaksina haqidagi yangiliklardan so‘ng oltin narxi arzonlashni boshlagan. Bu esa O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 32,9 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Oltin-valyuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda
18 noyabr 2020, 12:10

Oltin-valyuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ketma-ket uchinchi oy kamayishda davom etmoqda va umumiy 33,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting