O‘zbekistonda 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilayotgan referendum mamlakat tarixida shu tartibdagi beshinchi umumxalq ovoz berish jarayoni bo‘ladi. «Gazeta.uz» bungacha 1991 (2 marta), 1995 va 2002 yillarda o‘tkazilgan referendumlar haqida ma’lumot beradi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasida parlamentdagi senatorlar soni 100 tadan 65 taga qisqartirilishi ma’lum qilindi. Bunda har bir hududdan 4 tadan senator saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni esa 16 tadan 9 taga kamaytiriladi.
Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. U birinchi marta Rossiyadan tashqarida o‘tkazilmoqda. Majlisda parlament a’zolari saylov, referendum va ularni kuzatish to‘g‘risidagi namunaviy qonunlarni ko‘rib chiqdi.
Chorshanba kuni kechqurun parlament prezidentning Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holat tartibini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonini ma’qulladi.
Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda Shuhrat Mahmudov, Rustam Haydarov va Djamol Choriyevni 10 yillik muddatga Oliy sud sudyasi etib saylash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Zuhra Ibragimova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari etib saylandi.
Oliy Majlis Senati 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan 12-yalpi majlisda bir qator qonunlar, shuningdek, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston yangi ombudsmani etib Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritgan Feruza Eshmatova saylandi.
Deputatlar bir qator ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini sudlardan profilaktika inspektorlariga o‘tkazish taklif qilingan qonun loyihasini rad etdi.
Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlovchi qonun loyihasi taklif etilmoqda. Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan loyihaga ko‘ra, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish kutilmoqda.
Oliy Majlis palatalariga xo‘jalik boshqaruv organlari, jumladan, «O‘zbekneftgaz», Uzbekistan Airways, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari va boshqalar rahbarlarining kompaniyalar faoliyatiga doir axborotlarini eshitish vakolati berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting