«olimpiya shaharchasi» tegli maqolalar


Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasiga tamal toshi qo‘ydi
9 noyabr 2022, 13:41

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasiga tamal toshini qo‘ydi. U 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda. Loyihaning qiymati 289 million dollardan oshadi. Musobaqadan so‘ng majmuada Sport vazirligi, federatsiyalar va O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyat ko‘rsatadi.

Prezident tibbiyot klasteri, yangi universitet va Olimpiya shaharchasi loyihalari bilan tanishdi
25 sentabr 2022, 21:25

Prezident tibbiyot klasteri, yangi universitet va Olimpiya shaharchasi loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi, Yangi O‘zbekiston universiteti va tibbiyot klasteri loyihalari bilan tanishdi. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev universitet haqida gapirar ekan, u «nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham namunali ta’lim muassasasiga» aylanishini ta’kidladi.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi
7 aprel 2022, 11:20

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi

Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab 610 gektar maydonda quriladigan binolar loyihalari bilan tanishdi. Uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar to‘rt qavatli va to‘rt xil dizaynga ega bo‘ladi. Shuningdek, piyoda va velosiped yo‘laklari, yerosti va yerusti yo‘llari barpo etiladi. Bundan tashqari, prezident Olimpiya shaharchasi loyihasini tasdiqladi.

9 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 mart 2022, 22:00

9 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ukrainaning urush ketayotgan hududlaridan evakuatsiya qilinayotgan o‘zbekistonliklar, plastik kartalardan pul o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi, avtomobil oldi-sotdisini notarial rasmiylashtirganlik uchun davlat boji kamaytirilishi, Olimpiya shaharchasi loyihasi, yashin urgan 3 nafar qashqadaryolik va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 9 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Foto: Olimpiya shaharchasi loyihasi taqdim etildi
9 mart 2022, 11:38

Foto: Olimpiya shaharchasi loyihasi taqdim etildi

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi 100 gektar maydonda Olimpiya shaharchasi quriladi. Uning markazida olimpiya stadioni, yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, mashg‘ulot maydonchalari, eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Musobaqalar bo‘lmagan vaqtda esa shaharchada Oliy sport mahorati instituti, sport federatsiyalari faoliyat olib boradi. Yangi O‘zbekiston ko‘chasida daraxtlar ekilib, sayilgoh tashkil etiladi (foto).

Toshkent yaqinida dendropark va Olimpiya shaharchasi quriladi
25 fevral 2021, 23:58

Toshkent yaqinida dendropark va Olimpiya shaharchasi quriladi

Yangi aerodrom yaqinida faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat dendropark (155 gektar), shuningdek, uning yonida Olimpiya shaharchasi (160 gektar) qurilishi rejalashtirilmoqda. Chirchiq daryosining qirg‘oqlarida ham park (270 gektar) bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting