«oksana chusovitina» tegli maqolalar


Bugun, 09:02

«Oksananing daholigi uning chidamliligida». Oksana Chusovitinaning murabbiyi bilan suhbat

Svetlana Kuznetsova 22 yil davomida buxorolik afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitinaga ustozlik qilgan. Sportchi ushbu murabbiy qo‘l ostida 1992 yilgi Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan. Svetlana Kuznetsova «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida afsonaviy sportchining daholigi va o‘ziga xosligi nimada ekanligi hamda yangi olimpiada g‘alabalarini qo‘lga kiritishga O‘zbekistonga nimalar to‘sqinlik qilayotganligi to‘g‘risida gapirib berdi.

Kecha, 18:20

Oksana Chusovitina sport maktabini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Oksana Chusovitina sport ta’limi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun «Chusa sport team» MCHJni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Avgust oyida Shavkat Mirziyoyev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari bilan uchrashuvida Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish va ularning faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratishga topshiriq berilgan edi.

1 oktabr 2021, 12:18

“Men faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”. Oksana Chusovitina sportga qaytishini ma’lum qildi

Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina sportga qaytishini ma’lum qildi. U kelasi yil o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida qatnashish niyatida. “Men, shunchaki, faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”, — dedi u.

13 avgust 2021, 16:06

Oksana Chusovitinaga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi

Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Chusovitinaning sport mahorati maktabini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

26 iyul 2021, 15:18

«Gimnastikada qo‘limdan kelgan barchasini qildim» — Oksana Chusovitina

Katta sportdan ketishini e’lon qilgan Oksana Chusovitina Tokiodagi Olimpiadadagi ishtiroki va kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdi. «Finalga chiqa olmadim, lekin bu qo‘rqinchli narsa emas. Men gimnastikada qo‘limdan kelgan barchasini qildim», — dedi gimnastikachi va O‘zbekistonda o‘z klubini ochish hamda bolalar sportini rivojlantirishga hissasini qo‘shishni orzu qilishini aytib o‘tdi.

25 iyul 2021, 16:37

Tokio-2020. Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunladi

O‘zbekistonlik sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina olimpiada o‘yinlarida saralash bahslarida 11-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Mazkur olimpiada Chusovitina uchun sakkizinchi olimpiada bo‘ldi. Avvalroq, u olimpiadadan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

23 iyul 2021, 20:21

MOQ O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgarganiga izoh berdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Olimpiada ochilish marosimida bayroqdorlar sportchilarni ortiqcha toliqtirmaslik uchun almashtirilganini ma’lum qildi.

17 iyul 2021, 15:42

Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarida gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi. Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘lgan o‘zbekistonlik dastlabki ayol atlet sifatida tarixda qoladi.

26 iyun 2021, 12:39

Oksana Chusovitina Doxada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida 46 yoshli Oksana Chusovitina sakrash yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

28 sentabr 2020, 13:03

Oksana Chusovitina Kiyevda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Kiyevda bo‘lib o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina tayanib sakrashda oltin medalni qo‘lga kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting