«o‘lim» tegli maqolalar


25 avgust 2020, 14:15

Yunusobodda mast haydovchi urib yuborgan bola shifoxonada olamdan o‘tdi

Toshkentning Yunusobod tumanida mashina urib yuborgan ikki yoshli bola shifoxonada olamdan o‘tdi. Ayblanuvchi — mashinani mast holda boshqargan haydovchi — hodisa kuni qo‘lga olingan. Unga nisbatan ehtiyot chorasini sud belgilaydi.

18 avgust 2020, 17:33

Ataulla Xudaybergenov olamdan o‘tdi

Nukusda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Ataulla Xudaybergenov hayotdan ko‘z yumdi.

17 avgust 2020, 09:20

Vafot etgan koronavirus bemorlari mutaxassislar nazoratida dafn etiladi

«Koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etsa, hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmaydi». Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, vafot etgan koronavirus bemorlarini dafn etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

4 avgust 2020, 13:48

Buxoro aeroporti direktori Tohir Bahronov vafot etdi

Buxoro xalqaro aeroporti direktori, sobiq senator Tohir Bahronov vafot etdi. Unga koronavirus tashhisi qo‘yilgan edi.

18 iyul 2020, 14:44

Vafot etgan Madaniyat vazirligi xodimida koronavirus aniqlangan

Madaniyat vazirligi oldinroq ikki tomonlama pnevmoniya va COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 32 yoshli xodimi vafot etganligi haqida xabar berdi.

15 iyul 2020, 17:45

Farg‘onada Nexia yuk mashinasi ostida qolib ketdi, bir kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Nexia qarshidan kelayotgan SHACMAN yuk mashinasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

14 iyul 2020, 16:38

Toshkentda koronavirusning og‘ir shakliga chalingan 61 yoshli bemor vafot etdi

Toshkentda COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan hamda hamroh kasalliklari bo‘lgan 61 yoshli bemor hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 65 nafarga yetdi.

13 iyul 2020, 16:55

Toshkentda yana bir koronavirus bemori vafot etdi

Toshkentda qandli diabet va jigar serrozi bilan og‘rib kelgan 65 yoshli bemor ayol koronavirusga chalinib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 tufayli olamdan o‘tganlar soni 62 nafarga yetdi.

12 iyul 2020, 23:55

60-o‘lim: Toshkentda 65 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 65 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirusdan vafot etganlar soni kunlik 3, umumiy 60 nafarni tashkil etmoqda.

12 iyul 2020, 17:37

Toshkentda koronavirus aniqlangan 76 yoshli ayol vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumdi. Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 59 nafarga yetdi.

11 iyul 2020, 16:06

Toshkentlik 66 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 66 yoshli toshkentlik bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 56 nafarga yetdi.

10 iyul 2020, 16:35

Yana bir nafar koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli termizlik bemor (erkak kishi) miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 53 nafarga yetdi.

10 iyul 2020, 10:13

Zarafshonlik koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 yoshli zarafshonlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 52 nafarga yetdi.

9 iyul 2020, 23:55

COVID-19: 51-o‘lim Surxondaryoda qayd etildi

Surxondaryoda koronavirus aniqlangan 35 yoshli erkak bemor hayotdan ko‘z yumdi. U ham o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmay, uyida mustaqil davolangan. O‘zbekistonda kun davomida 6 kishi, umumiy 51 kishi koronavirusdan vafot etdi.

9 iyul 2020, 22:37

Koronavirusdan 50-o‘lim qayd etildi

Koronavirusdan navbatdagi — 50-o‘lim Buxoroda qayd etildi. 53 yoshli bemor 20 iyundan buyon davolanib kelayotgan edi.

9 iyul 2020, 16:48

28 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 28 yoshli jizzaxlik bemor (ayol) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u uy sharoitida davolanib yurgan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 49 nafarga yetdi.

9 iyul 2020, 16:28

Toshkentlik 51 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 51 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 48 nafarga yetdi.

9 iyul 2020, 12:04

Qamchiqda Isuzu jarlikka ag‘darilib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyatining Pop tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetidagi jarga ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.

9 iyul 2020, 10:10

Koronavirus bemorlari orasida yana ikki nafar o‘lim holati qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari orasida ikki nafar o‘lim holati qayd etildi. Buxoro viloyatida 40 yoshli Afg‘oniston fuqarosi, Toshkent shahrida 83 yoshli onaxon vafot etishgan.

8 iyul 2020, 23:50

COVID-19: 45-o‘lim Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 45 nafarga yetdi. Toshkentda 72 yoshli ayol COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting