Quyi palata Spikeri Nurdinjon Ismoilov qonun hujjatlariga muvofiq, majburiy emlash mumkin emasligini ma’lum qildi. Buning uchun huquqiy hujjatlarga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish talab etiladi. Biroq, deputatlar Respublika maxsus komissiyasiga ixtiyoriy emlanganlarni rag‘batlantirish va imtiyozlar berish yoki harakatlarini cheklash borasida tavsiyalar bergani aytilmoqda. Qolaversa, xodimlari emlangan kafe va restoranlarga cheklangan vaqtda ham ishlashga ruxsat berish taklifi bildirilgan.
Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev yerga oid prezident farmoni, uning asosida Yer kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr bildirib, qonunchilikda «lazeyka"lar qoldirib ketilayotganiga e’tibor qaratdi. Jumladan, chet el fuqarolari va yuridik shaxslariga yerni ijraga berish, DXSH asosida yerdan foydalanish, ko‘p kvartirali uyga tutash uchastkalarni ajratish, qolaversa, yakka tartibdagi uyni xususiy mulk tarzida berish masalalarida qonunchilikda «bo‘shliq"lar qoldirilgani aytilmoqda.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting