BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Qoraqalpog‘istondagi voqealarni shaffof va mustaqil tergov qilish kerakligini ta’kidladi va internetga ulanishni cheklamaslikka chorladi.
AQSh Davlat departamenti Nukusdagi voqealar bo‘yicha xavotirini hamda qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirdi. AQSh O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, hukumatni fundamental insoniy huquqlarni, jumladan tinch yig‘ilish va fikr bildirish erkinligini himoya qilishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyov va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon orqali muloqotda Rossiya prezidenti davlat rahbari tomonidan Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan qat’iy choralarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Qoraqalpog‘istonda bir haftadan ko‘proq vaqtdan beri internet cheklangan, shu sababli aksariyat terminallar, bankomatlar ishlamayapti, davlat va boshqa xizmatlar ko‘rsatilayotgani yo‘q. «Gazeta.uz» muxbiri Shuhrat Latipov bu holat odamlar hayotiga qanday ta’sir qilayotganini o‘rgandi.
Qoraqalpog‘istondagi fojia jamiyat bilan muloqot qilishga e’tibor berilmasligi hamda strategik muhim qarorlar parda ortida qabul qilinishi nimalarga olib kelishini namoyish qildi.
Yevropa Ittifoqi «Qoraqalpog‘istondagi zo‘ravonlik voqealarini ochiq va mustaqil tergov qilishga» chaqirdi. YeI konstitutsiyaviy o‘zgarishlar bo‘yicha noroziliklarga nisbatan prezident Mirziyoyev tezkor reaksiya bildirganini e’tirof etdi va vaziyat keskinlashuvining oldini olish uchun tomonlarni vazmin bo‘lishga chaqirdi.
1−2 iyulda Qoraqalpog‘istonda fuqarolar norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Rasmiy va norasmiy xorijiy OAVlar buni turlicha talqin qilib, hattoki feyk xabarlar tarqatgani kuzatildi. Bu vaqtda esa O‘zbekiston markaziy telekanallari Nukus voqealarini qay tarzda yorita ol[ma]gani — «Gazeta.uz» materialida.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qoraqalpog‘istondagi voqealar O‘zbekistonning ichki ishi ekani, Kreml mamlakat rahbariyati faollik bilan muammolarni hal etishiga shubha qilmayotganini bildirdi.
1−2 iyul kunlari Nukus shahridagi bo‘lib o‘tgan namoyishlar oqibatida 18 nafar fuqaro vafot etdi, 243 kishi, shu jumladan, 38 nafar huquq-tartibot organlari xodimi turli jarohatlar bilan shifoxonalarga yotqizildi. Tartibsizliklarda qatnashgan 516 nafar fuqaro hibsga olindi.
Qonunchilik palatasi deputatlari Konstitutsiyadagi Qoraqalpog‘istonga oid 70, 71, 72, 74, 75-moddalarni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Qolaversa, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 15 iyulga qadar uzaytirildi.
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston aholisidan favqulodda holat rejimi va komendantlik soatiga (
Prezident Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ayrim kimsalar organlar xodimlariga hujum qilib, ayovsiz kaltaklagani, qo‘riqlanadigan hududlarga bostirib kirishga uringanini ta’kidladi. «Ming afsuski, tinch aholi va huquq-tartibot organlari orasida qurbonlar bor», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qozog‘iston TIV qo‘shni qardosh O‘zbekistondagi voqealarni tashvish bilan qabul qilgani va mamlakat rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Yakshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida videoselektor o‘tkazdi va barcha tumanlar bilan muloqot qildi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston komendanti Rustam Jo‘rayev vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ta’kidladi. «Vaziyat barqarorlashgan, hayot o‘z maromiga qaytmoqda», — deyiladi xabarda.
3 iyul kuni «Nukus — Beyneu — Nukus» yo‘nalishidagi 647/648-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdining harakati texnik sabablarga ko‘ra bir reysga bekor qilindi, deb ma’lum qildi «O‘ztemirlyo‘lyo‘lovchi».
O‘zbekiston prezidenti Qoraqalpog‘iston maqomi bo‘yicha Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritilmasligini ma’lum qilgach, internet deyarli ishlamayotgan hudud aholisi bu haqda SMS orqali xabardor qilindi.
Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etildi.
Konstitutsiyaviy komissiya Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib, internetda bildirilayotgan fikrlarni tahlil qilib borayotgani ma’lum qilindi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston xalqining, jumladan, qoraqalpoqlarning ham orzu-intilishlari ifodasi bo‘lishi ta’kidlandi.
Qoraqalpog‘iston rasmiylari bayonotida aytilishicha, 1 iyul kuni bir guruh jinoyatchi shaxslar davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinib, g‘ayriqonuniy harakatlarni tashkil etgan. Shuningdek, bayonotda nosog‘lom tashqi kuchlarning Qoraqalpog‘istondagi vaziyat rivojiga urinishlaridan xavotir bildirilgan.
IIV 1 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida ayrim fuqarolar respublikada amalga oshirilayotgan konstitutsion islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, noqonuniy namoyishlar uyushtirganini ma’lum qildi. Hozirda jamoat tartibi tiklangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting