Nukus voqealari bo‘yicha sudning to‘rtinchi kunida asosiy ayblanuvchi Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatuv berdi. «Gazeta.uz» Youtube`da jonli efirga namoyish qildi.
Buxoro viloyat sudida bo‘lib o‘tayotgan Nukus voqealari bo‘yicha sudning ikkinchi kunida Lolagul Kallixanova ko‘rsatma berdi. «Jo‘qorg‘i Kenges xalq bilan biroz maslahat qilganida, bunday narsalar bo‘lmasdi», dedi u. Kallixanova o‘sha hodisalar vaqtida halok bo‘lganlarning yaqinlaridan kechirim so‘radi.
Nukus voqealari bo‘yicha sudda ayblanuvchilar voqealar rivojini so‘zlab bermoqda. Jarayonning uchinchi kunida sudlanuvchilar Dauletmurat Tajimuratovga adashib ergashgani va pushaymonligini aytib, xalq va prezidentdan kechirim so‘radi. Ulardan biri ko‘krak qismiga o‘q tegib vafot etgan tanishi haqida aytib berdi.
Nukus voqealari bo‘yicha sud jarayonining uchinchi kuni. Sudlanuvchilarning deyarli barchasi iyul boshida bo‘lgan voqelarda Dauletmurat Tajimuratov aybdorligi, uning video murojaatlari odamlarni ko‘chaga chiqarganini ta’kidlashmoqda. «Gazeta.uz» sud jarayonidan fotoreportaj tayyorladi.
Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklardan so‘ng 516 kishi qo‘lga olingan edi. Mustaqil komissiyaning ma’lum qilishicha, ularning 100 dan ortig‘i jamoat kafilligi asosida va qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirilishi natijasida oilasiga bag‘riga qaytarilgan, qolganlari esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Ayni vaqtda Buxoro viloyati sudida ayblanuvchilar Nukus voqeasi bo‘yicha o‘z fikrini bildirmoqda. Birinchi bo‘lib so‘zga chiqqan Azamat Turdanov Dauletmurat Tajimuratov bilan tortishib qoldi va unga qarshi ko‘rsatuv berdi.
Dauletmurat Tajimuratov Nukus voqealari ishi bo‘yicha unga qo‘yilgan ayblovni qisman tan oldi. Lolagul Qallixanova va Azamat Turdanov — to‘liq. Boshqa gumondorlar ham o‘zining aybiga qisman yoki to‘liq iqror bo‘lishdi.
AQSh Nukus voqealarida ayblanayotganlar ustidan boshlangan sud jarayonini kuzatayotganini ma’lum qilib, O‘zbekiston hukumatini shaffoflikni ta’minlash borasidagi majburiyatlarini bajarish hamda kuch ishlatar idoralar xodimlari qonunlarni buzgan bo‘lsa, ularni ham javobgarlikka tortishga chaqirdi.
Buxoroda Nukus voqealari bo‘yicha sudning birinchi kuni yakuniga yetdi. Prokuratura 22 gumonlanuvchiga nisbatan ayblovlarni o‘qib eshittirdi. Tajimuratov Qoraqalpog‘istonda hokimiyatni egallashga urinishda, Kallixanova tartibsizliklarga da’vat qilishda, Turdanov esa Jo‘qorg‘i Kenges binosini egallashda ayblanmoqda.
Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi xulosalarida tartibsizliklar natijasida 6,7 mlrd moddiy zarar yetkazilgani aytildi. Gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlandi. Ularga yaqinlari bilan navbatma-navbat qisqa suhbat o‘tkazishga ruhsat berildi.
Oliy sud Nukus voqealari ishi bo‘yicha sudlanuvchilar, jumladan Dauletmurat Tajimuratov, Lolagul Qallixanova, Azamat Turdanov va boshqalarga qo‘yilgan ayblovlarni e’lon qildi. Ular orasida Qoraqalpog‘iston IIV bo‘lim boshlig‘i, universitet o‘qituvchisi hamda Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori ham bor.
Yaqin fursatlarda Buxoro viloyati sudida Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishi nisbatan sud muhokamalari boshlanadi. Tomonlar birin-ketin sud zaliga kirib kelmoqda, OAV vakillari uchun esa maxsus matbuot markazi tashkil etilgan. Hozircha ayblanuvchilarning advokatlari va prokuratura xodimlari yetib kelishdi.
1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan ochiq sud dushanba kuni Buxoroda boshlanadi. 22 kishi, shu jumladan, D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanovlar ayblanuvchi hisoblanadi. Ayblov 11 ta modda — bezorilikdan tortib, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish doirasida e’lon qilindi.
Joriy yilning iyul oyida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayonlari 28 noyabr kuni boshlanadi.
Qoraqalpog‘istonda «o‘z sohalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlamagan» 15 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, 116 nafariga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Human Rights Watch O‘zbekistonni Nukus voqealarida bo‘lgani kabi o‘lim va og‘ir jarohatlarning oldini olish maqsadida olomonni nazorat qilish uchun shovqin va tutun chiqaruvchi granatalar qo‘llanish tartibini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqishga va ularni IIO xodimlari jihozlari qatoridan chetlashtirishga chaqirdi.
Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealarida ishtirok etganlikda gumon qilinib, ozodlikka chiqarilganlar soni 107 nafarga yetdi. Noyabrning ilk kunida parlament komissiyasi tashabbusi bilan yana 35 kishi jamoat kafilligi asosida uyiga qaytarildi.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlangan yana 38 kishi oilalari bag‘riga qaytarildi. Ular Jo‘qorg‘i Kenges raisining so‘rovi va deputatlik kafolatlari asosida hibsxonadan chiqarildi. Avvalroq 34 nafar gumondor ham ozodlikka chiqarilgandi.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan 10 nafar fuqaroning qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirildi. Avvalroq 24 kishining jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilgani xabar qilingan edi.
Nukusdagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi taklifi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, namoyishlarda gumonlangan 24 nafar fuqaro jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi. Ularning qamoq jazosi jamoatchilik nazorati va uy qamog‘iga o‘zgartirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting