«noqonuniy yer sotish» tegli maqolalar


Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yildi — DXX
16 fevral 2022, 09:57

Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yildi — DXX

DXX Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilganini ma’lum qildi. Jumladan, Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 32 gektar yer maydonini 35 ming dollar evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda
3 fevral 2022, 10:58

Samarqandda fermer 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda

Samarqand tumanida fermer o‘ziga qarashli xo‘jalikning sug‘oriladigan yeridan 1 gektarini fuqaroga issiqxona qurish uchun sotish va hujjatlarni tayyorlab berishni kelishib olgani aytilmoqda. Buning evaziga u 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Bekobod shahar hokimligi bosh mutaxassisi $128 ming pora bilan qo‘lga tushdi
1 yanvar 2022, 14:27

Bekobod shahar hokimligi bosh mutaxassisi $128 ming pora bilan qo‘lga tushdi

DXX Bekobod shahar hokimligining bosh mutaxassisini maktabgacha ta’lim muassasasi binosini xususiylashtirish va shahar hududidan 1 gektar yer maydoni olib berish evaziga 128 ming dollar olgan vaqtida ushladi. Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi.

Samarqand va Surxondaryoda noqonuniy yer sotishga uringan shaxslar ushlandi
24 dekabr 2021, 13:04

Samarqand va Surxondaryoda noqonuniy yer sotishga uringan shaxslar ushlandi

Samarqandda o‘zganing fermer xo‘jaligi yeridan 10 gektarni sotmoqchi bo‘lgan ayol, Surxondaryoda esa uy qurish uchun fermer xo‘jalik yerini sotishga uringan fuqaro qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 dekabr 2021, 22:00

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Qibrayda qariyb 14 gektar yerni $3,4 mlnga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
21 dekabr 2021, 15:53

Qibrayda qariyb 14 gektar yerni $3,4 mlnga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Qibray tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan 13,7 gektar yer maydonini 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Noqonuniy ravishda yer sotishga urinishlar Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham qayd etildi.

Andijonda bir nechta noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi
16 aprel 2021, 12:31

Andijonda bir nechta noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi

Andijon viloyatida mansabdor tanishlari orqali 100 gektar yer ajratib, hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga 128 ming dollar olgan fuqarolar vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, shahar hokimining tegishli qarorini chiqartirib, sanoat zonasidan 80 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilib, 50 ming dollar talab qilgan fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting