Markaziy bank “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etilgan Korzinka supermarketlar tarmog‘i kassalarida bank kartalaridan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Sinov joriy yil 1-noyabriga qadar davom etadi.
Yandex Go mijozlari yo‘l kira naqd pulsiz shaklda to‘lanadigan bo‘lsa, haydovchilar buyurtmani qabul qilishni rad etishi holatlariga to‘qnash kelishmoqda. «Gazeta.uz» taksi haydovchilari qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va kompaniya muammoni qanday bartaraf etishga urinayotgani bilan qiziqdi.
O‘tgan yilning birinchi yarmida banklarning naqd pul xarajatlari daromaddan 1,1 trln so‘mga oshgan bo‘lsa, bu yilgi farq 10 marta ortib — 11,7 trln so‘mga yetdi. MB talabni muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlashga harakat qildi, natijada naqd pulning umumiy pul hajmidagi ulushi oshib ketdi.
Aprel oyida muomaladagi naqd pullar hajmi rekord darajada — 5,3 trln so‘mga oshdi. Markaziy bank avvalroq mart oyining ikkinchi yarmida boshlangan naqd pulga bo‘lgan talab keskin oshgani haqida xabar bergan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardan naqd pul yechib olish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Markaziy bank mazkur uzilishni naqd pulga talab ortishi va logistika muammolari bilan izohladi. Regulyator aholining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligiga ishontirmoqda.
Bank kassalari orqali naqd pul aylanmasining ko‘payishi pul muomalasining bir qismi sifatida muomaladagi naqd pul miqdorining ko‘payganini anglatmaydi, deya izoh berdi Markaziy bank. 2021 yil boshidan buyon muomaladagi naqd pullar hajmi kamayib, depozitlar ulushining ortishi kuzatilmoqda.
Yanvar-aprel oylarida banklarning kassalariga naqd pul tushumlari 75,4 trln so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar esa 73,9 trln so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, yanvarda naqd pul aylanmasi 32,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu oyda bank kartalariga jami 15,9 trln soʻmlik mablagʻlar kelib tushgan. Aholi bank kartalaridagi 5,2 trln soʻmlik mablagʻlarni naqdlashtirib olgan.
2020 yil aprel-iyun oylarida O‘zbekiston bank tizimida naqd pullar aylanmasi koronavirus pandemiyasi ta’sirida shakllandi. Iyun oyidagi ko‘rsatkich (14,6 trln so‘m) karantin sharoitidan oldingi davrdagi holatiga deyarli yaqinlashdi. Shu bilan birga, bu ko‘rsatkich keyingi oylarda “ijobiy tomonga o‘zgarishini kutish mumkin”, deb baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting