«namoyishlar» tegli maqolalar


21 sentabr 2022, 16:50

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni namoyishlarda qatnashmaslikka chaqirdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolaridan ruxsat berilmagan ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni so‘radi. Avvalroq «Vesna» harakati 21 sentabr kuni e’lon qilingan qisman safarbarlikka qarshi norozilik namoyishi qilishga chaqirgandi.

4 iyul 2022, 14:50

Bosh prokuratura Nukusdagi voqealar xronologiyasini ma’lum qildi

Bosh prokuratura Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar xronologiyasini ma’lum qildi. Taxminan 300 kishi Nukusga kirishdagi postda 50 nafar gvardiyachidan ratsiya, dubinka, shitlarni tortib olgani va Nukus xalqaro aeroporti, mahbuslar Reabilitatsiya markazi, shahar IIB binolariga hujum uyushtirgani aytilmoqda.

4 iyul 2022, 12:42

Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar oqibatida 18 nafar fuqaro vafot etdi

1−2 iyul kunlari Nukus shahridagi bo‘lib o‘tgan namoyishlar oqibatida 18 nafar fuqaro vafot etdi, 243 kishi, shu jumladan, 38 nafar huquq-tartibot organlari xodimi turli jarohatlar bilan shifoxonalarga yotqizildi. Tartibsizliklarda qatnashgan 516 nafar fuqaro hibsga olindi.

3 iyul 2022, 20:15

Foto: Nukusdagi vaziyat: tinch, biroq xavotirli

Qariyb bir sutka davomida shovqin chiqaruvchi vosita va o‘q ovozlari eshitilib turgan Nukus bugun tinch. Shifoxonalarda yaralanganlar ko‘p. Aholi yaqinlarini halok bo‘lganlar va hibsga olinganlar orasidan qidirmoqda. Ko‘chalarda yongan shina va qon izlarini ko‘rish mumkin. Shuhrat Latipov fotoreportaji.

14 mart 2022, 13:04

11 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashganlikda gumonlanmoqda

Qozog‘iston bosh prokuraturasi xabar berishicha, yanvar voqealari bo‘yicha ochilgan ishlarga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb qilingan. Ular tartibsizliklarda ishtirok etish va o‘g‘rilikda gumonlanmoqda.

14 mart 2022, 12:28

«Yanvar voqealari oqibatida 230 kishi halok bo‘ldi» — Qozog‘iston bosh prokurori

Qozog‘iston bosh prokurori yanvar voqealari vaqtida jami 230 kishi halok bo‘lgani, shundan 19 nafari harbiylar ekanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vafot etganlarning eng ko‘pi Olmaota shahriga (139 kishi) to‘g‘ri kelmoqda. 20 nafar fuqaro esa tasodifan otishmalar oqibatida halok bo‘lgan. Tartibsizliklarga Qozog‘iston MXQning sobiq raisi va sobiq mudofaa vaziri ham aloqadorligi aytilmoqda.

13 fevral 2022, 16:15

Olmaotada yana miting o‘tkazildi

13 fevral kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Mustaqillik monumenti oldida 700 ga yaqin odam xotira mitingiga to‘plandi. Ular qo‘llarida «Begunohlarga ozodlik», «Xalq terrorchi emas», «Qonli yanvarni unutmaymiz va kechirmaymiz», «Ogohlantirmasdan o‘t ochish — bu xalqqa qarshi jinoyatdir» kabi bannerlar va plakatlar bilan noroziliklarini bildirmoqda. Prezident xalqqa yana murojaat yo‘lladi.

8 yanvar 2022, 10:11

Qozog‘istondagi vaziyat O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Qozog‘iston — O‘zbekistonning uchinchi raqamli yirik savdo hamkori hisoblanadi. Qo‘shni mamlakatdan katta hajmda neft mahsulotlari, don, cho‘yan, po‘lat va boshqa tovarlar import qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun Qozog‘iston avtomobil, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar eksporti uchun muhim bozor hisoblanadi. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar qanday tuzilganini o‘rganib chiqdi.

6 yanvar 2022, 03:03

KXSHT Qozog‘istonga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi

KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi Qozog‘iston prezidenti murojaatidan so‘ng, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida «Kollektiv tinchlikparvar kuchlarni vaqtinchalik missiya bilan yuborishga» qaror qildi.

6 yanvar 2022, 02:25

Toqayev KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan «terrorchilik tahdidini» bartaraf etishda yordam so‘radi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklarni xalqaro terroristik agressiv harakat deb atadi va KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan yordam so‘radi. U aksilterror operatsiya boshlanganini ma’lum qildi va Olmaotada aeroport qo‘lga olinganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar yaqinida Mudofaa vazirligining havo-desant bo‘linmalari bilan jang ketmoqda.

5 yanvar 2022, 18:37

Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston xavfsizlik kengashiga rahbarlik qiladi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat Xavfsizlik kengashiga raislik qilishni boshladi, Nursulton Nazarboyev ushbu lavozimga bir umrga tayinlangan edi. Toqayev kengash raisi sifatida iloji boricha qattiqqo‘llik bilan harakat qilishini ma’lum qildi. «Bu menga o‘zlari va oilalarining hayotlarini himoya qilishni so‘rab murojaat qilayotgan fuqarolarimizning xavfsizligi masalasi», — dedi u. Prezident poytaxtda qolib, tez orada Qozog‘istonni siyosiy transformatsiya qilish bo‘yicha yangi takliflarni taqdim qilishini ta’kidladi.

5 yanvar 2022, 03:11

Olmaota va Mangistauda favqulodda holat joriy qilindi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari ortidan Olmaota shahri va Mangistau viloyatida ikki haftalik favqulodda holat joriy qildi.

5 yanvar 2022, 01:09

«Hukumat qulamaydi. Bizga mojaro emas, muloqot kerak» — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti vatandoshlariga yo‘llagan videomurojaatida namoyishlar ishtirokchilarini «aql bilan ish ko‘rishga, ichki va tashqi ig‘volarga berilmaslikka, mitingchilar va o‘zboshimchaliklar eyforiyasiga uchmaslikka» chaqirdi. «Hukumat qulamaydi. Biroq, bizga mojaro emas, o‘zaro ishonch va muloqot kerak», — dedi u.

5 yanvar 2022, 00:12

Qozog‘istonda bir qator ijtimoiy tarmoqlar ochilmayapti

«Gazeta.uz» manbalari va Qozog‘istondagi OAVlar mamlakatda bir qator ijtimoiy tarmoqlar ochilmayotganini ma’lum qildi. Ayrim hududlarda esa norozilik namoyishlari davom etmoqda. Prezident Qasim-Jomart Toqayev namoyishchilardan «buzg‘unchi shaxslarning chaqiriqlariga ergashmaslikni» so‘radi va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi talablarni ko‘rib chiqishga va’da berdi.

12 iyul 2021, 11:48

Kubada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Kubada minglab aholi hukumatga qarshi namoyish o‘tkazdi. Namoyishchilar aholini koronavirusga qarshi vaksinalar bilan ta’minlashni talab qildilar va elektr energiyasi hamda oziq-ovqat ta’minotidagi uzilishlardan noroziliklarini bildirdilar. Bu mamlakatdagi 30 yil ichidagi eng yirik namoyish bo‘ldi.

5 fevral 2021, 14:19

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatdagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.

26 yanvar 2021, 17:58

Niderlandiyada komendantlik soati tufayli fuqarolar norozilik namoyishlari davom etmoqda

Niderlandiyadagi COVID-19 ga qarshi karantin choralari tufayli norozilik namoyishlari mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarga olib keldi. Ushbu holat 40 yildan buyon Gollandiyada ilk bora sodir etilayotgani qayd etildi.

29 oktabr 2020, 21:14

Jahon yangiliklari dayjesti

Tayvan orolida 200 kun mobaynida koronavirusga chalinish yangi holatlari kuzatilmaganligi, NASA va ESA Oy yaqinida orbital stansiyani yaratishi, Kiprda karantinga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

12 oktabr 2020, 18:39

YeI Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga qaror qildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari agar Belarusda vaziyat yaxshilanmasa Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga kelishib olishdi. Kelishuv bo‘yicha YeI Belarus mamlakati bilan hamkorlikni to‘xtatadi va norozilik harakatlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi.

12 oktabr 2020, 15:25

Belarusdagi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi

Belarusdagi prezident saylovlari natijalariga qarshi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi. Namoyishchilarga qarshi suv purkagichlar va tovushli granatalardan foydalanilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting