Moskvaning “Krokus siti holl”idagi teraktdan jabrlangan oilalarning 100 nafar farzandi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Anor” bolalar oromgohida ikki hafta dam oladi. Bundan tashqari, ular Samarqandga ham tashrif buyuradi.
Dunyodagi murakkab vaziyat, Yaqin Sharq va O‘zbekistonning “asosiy hamkorlari” o‘rtasidagi mojaro munosabati bilan iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi, dedi prezident. Uning qayd etishicha, Moskva viloyatidagi teraktdan so‘ng global vaziyat yanada jiddiylashdi.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga zarurat bo‘lmaganda Rossiyaga vaqtincha bormaslikni tavsiya qildi. Rossiyadagi fuqarolardan odamlar gavjum joylarda harakatlanmaslik so‘raldi.
O‘zbekiston bosh vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, Moskva viloyatida yuz bergan terakt munosabati bilan Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bir qator vazirlar va parlament palatalari rahbariyati vakillari ham hamdardlik kitobiga o‘z yozuvlarini qoldirdi.
O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti bilan telefon orqali muloqotda hamdardlik bildirdi va zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid bo‘lgan kuchga qarshi kurashishga kelishib oldi.
IShID-Xuroson (IShID-K) Moskva yaqinidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda The New York Times. Bu ma’lumotni AQSh razvedka xizmatlari tasdiqladi. Ular Rossiyani mart oyi boshida ehtimoliy hujum haqida ogohlantirgan, bir necha kun oldin esa Vladimir Putin buni “shantaj” deb atagandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting