Respublika onkologiya markazi, uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallarini birlashtirgan umumiy qiymati 600 mlrd so‘mlik yagona onkologiya majmuasi qurilishi Mimar Group kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining yopiq qarorida ko‘zda tutilgan, deya ma’lum qildi SSV vakili.
Madaniy meros agentligidagi Ilmiy-ekspert kengashi Toshkentdagi Kosmonavtlar maydonini ta’mirlashga ruxsat berdi. Loyiha «obyektning tarixiy va badiiy qiymatiga ta’sir ko‘rsatmagan holda» amalga oshirilishi kerak.
Toshkent markazidagi «Marvarid» uyi oldida joylashgan Kosmonavtlar bog‘ini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu yerda o‘yin maydonchalari, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi kutilmoqda. Pudratchi sifatida Mimar Group kompaniyasi tanlandi.
Madaniy meros agentligi kosmonavt Vladimir Janibekov haykali atrofidagi marmar plitalar ruxsatsiz demontaj qilinayotganini ma’lum qildi. Hokimiyat topshirig‘iga asosan uni rekonstruksiya qilayotgan «Mimar Group» kompaniyasi esa ogohlantirish oldi. Ish to‘xtatildi.
Toshkent yaqinida barpo etilayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va «Istiqlol» majmuasi qurilishining pudratchisi, davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, Mimar Group hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting