«markaziy osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi maslaha uchrashuvi» tegli maqolalar


2 avgust 2021, 12:53

Shavkat Mirziyoyev 5−6 avgust kunlari Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston prezidenti shu hafta Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Turkmanistonga boradi. Uchrashuv kun tartibidan savdo-cotiq, transport logistikasi, energetika va madaniy sohalar muhokamasi joy olgan. Qolaversa, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari uchrashuvi o‘tkazilishi ham rejada bor.

16 iyul 2021, 16:16

Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlari sammiti 6 avgust kuni bo‘lib o‘tadi

Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi 6 avgust kuni Turkmanistonning «Avaza» milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadi. Sammitga tayyorgarlik masalalari prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

31 may 2021, 13:33

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 2021 yilga qoldirilgan uchinchi maslahat uchrashuvi vaqti hozircha ma’lum emas, biroq O‘zbekiston uning yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishini kutmoqda. «Onlayn format ko‘zda tutilayotgani yo‘q», — dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting