Respublika bo‘ylab barcha mahallalarda «hokim yordamchisi» lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburlab o‘tkazilayotgani aytilmoqda. Murojaatchilarning so‘zlariga qaraganda, ular ushbu lavozimga o‘tishni rad etsa, «prezidentga xiyonat» qilayotganlikda ayblanib, ishdan bo‘shatilishi bilan qo‘rqitilmoqda. Suhbatga kelmaganlar esa ichki ishlar organlari tomonidan majburan olib ketilayotgani ma’lum qilindi. Avvalroq, saylovoldi tashviqoti davrida Shavkat Mirziyoyev «hokim yordamchisi» lavozimiga yoshlar orasidan nomzodlar tanlab olinishini aytgandi.
Bosh prokuratura obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori uyida majburiy mehnatga jalb qilingani to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda. Viloyat prokuraturasi uch nafar xodim o‘z xohishi bilan ishlaganini ma’lum qildi.
Jomboy tumanidagi 28-maktabning 7−11-sinflarida tahsil oluvchi ayrim o‘quvchilar o‘z sinfxonalarini ta’mirlash ishlariga jalb qilingani aytilmoqda.
Shahrisabzda bir guruh tibbiyot xodimlari majburiy ishga jalb qilindi. Shahar tibbiyot birlashmasi xo‘jalik ishlari mudiri ma’muriy jarimaga tortildi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov majburiy mexnat bo‘yicha xalq ta’limi xodimlariga topshiriq berganlarga ham chora ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Senat raisi Tanzila Narbayeva esa majburiy mehnatga jalb qilish zanjirining ortida hokimlar turganiga ishora qildi.
4 dekabr kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining yig‘ilishida beshta tuman — Chortoq, Uchqo‘rg‘on, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Urganch tuman hokimlariga majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganliklari uchun hayfsan berildi.
Davlat mehnat inspeksiyasiga majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 790 ta murojaat kelib tushgan. Yil boshidan o‘tkazilgan monitoring davomida 107 ta majburiy mehnatga jalb qilinganlik holatlari qayd etilgan.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini nafaqat prezident siyosatiga xiyonat, balki ataylab davlat rahbarining imijini diskreditatsiya qilishga harakat deb baholash kerak. «Yordam berishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, iltimos, juda bo‘lmasa xalaqit qilmang», — deya murojaat qildi Sherzod Shermatov hokimlarga.
Davlat mehnat inspeksiyasi respublika hududlarida 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo‘jaligi va klasterlarda mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar olib bordi. Unga ko‘ra, 158 nafar mansabdor shaxsning mehnat qonunchiligini buzgani aniqlanib, 577 mln so‘mdan ortiq miqdorda jarimaga tortildi.
Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda 652 kishini majburiy ravishda paxta terimiga jalb qilish holatlarini aniqladi. 18 mansabdor shaxs 200 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Qonunbuzarliklar eng ko‘p Qashqadaryo va Namangan viloyatida aniqlandi.
Mehnat vazirligi Namanganda bank xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bank muassasalarining 1400 dan ziyod xodimlari paxta terimiga majburiy jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekistonda o‘qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslar BHMning 10 baravarigacha jarimaga tortiladi. Tegishli modda «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida» gi kodeksiga kiritildi.
O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishda ayblangan hokim o‘rinbosari Baxtiyor Mamadaliyev birinchi instansiya sudida aybsiz deb topildi.
2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 22 foizga kamaygan, biroq chaqaloqlar savdosi 2018 yildagi 38 foizdan 43 foizga oshgan. Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l quygan 259 nafar, ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi — Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting