Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga doir qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, turli yoshdagi ayol va erkaklarning “mahalla terma jamoalari” tashkil etilib, ular o‘rtasida “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi. Unda o‘zini ko‘rsatgan yoshlar futbol maktabi va akademiyalariga yo‘naltiriladi.
Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini kengaytirish rejalarini tasdiqladi. Mavjud stadion va maydonlardan samarali foydalanish, ular mavjud bo‘lmagan joylarda esa DXSH asosida yangisini qurish rejalashtirilgan. “Gazeta.uz” fuqarolar futbol maydonlari buzilishiga qarshi chiqqan holatlar haqida yozgandi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha 3 ta tashabbusni ilgari surdi. Unga ko‘ra, 452 ta mahallaning har biriga 500 mln so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi, 38 ming odamning kadastri to‘liq qilib beriladi. Shuningdek, yil oxirigacha 4 mingta uy-joy quriladi.
Prezident Toshkentdagi 584 ta mahallaning har biriga O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratishni tasdiqladi. Mablag‘lar infratuzilmani rivojlantirish va qattiq sovuqdan zarar ko‘rgan muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Prezidentning 2022−2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, joriy yilda jami 5284 ta mahalla uchun 2 trln 700 mlrd so‘m ajratiladi. Yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmagan mablag‘lar keyingi yildagi qurilish-ta'mirlash ishlari uchun yo‘naltiriladi.
Mahallalardagi hokim yordamchilari mamlakat bo‘yicha 5 mingga yaqin bo‘sh bino borligini aniqladi. Shavkat Mirziyoyev bo‘sh bino-inshootlarni sotish, ijaraga berishdan tushgan mablag‘larni ushbu mahallaning infratuzilmasini rivojlantirishga sarflashni buyurdi. «Yil yakuniga qadar bo‘sh bino qolishi kerak emas», — dedi u.
Prezident qaroriga asosan maktablardagi yoshlar yetakchilari shtat birliklari qisqartirilib, uning o‘rniga respublikadagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Ularga mahalladagi xonadonlar soniga qarab, 4 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha maosh to‘lanadi. Har chorakda eng ilg‘or 100 nafar yetakchi esa bir oylik maoshga teng pul mukofoti hamda «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting