«kxsht» tegli maqolalar


Armaniston KXSHTdagi ishtirokini “muzlatib” qo‘ydi
23 fevral 2024, 11:54

Armaniston KXSHTdagi ishtirokini “muzlatib” qo‘ydi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi ishtiroki “muzlatib” qo‘yilganini ma’lum qildi. Pashinyan mamlakatga oid kelishuv shartlari bajarilmagani, Rossiyaning shaxsan unga qarshi propagandasi davom etayotganini ta’kidladi.

Tojikistonga KXSHT qo‘shinlari kiritilishi mumkin
19 may 2022, 13:42

Tojikistonga KXSHT qo‘shinlari kiritilishi mumkin

KXSHT qo‘shinlari Qozog‘iston misolida Tojikistonga Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatidagi vaziyatni yumshatish maqsadida kiritilishi mumkin. Qirg‘izistonlik ekspert Artur Medetbekovning fikricha, Tojikiston rahbari vaziyat tashqi terrorchilar tomonidan izdan chiqarilayotganini isbotlasa Emomali Rahmon rejimini saqlab qolish uchun KXSHT qo‘llanilishi mumkin.

Olmaotada KXSHT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi
13 yanvar 2022, 14:04

Olmaotada KXSHT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi

KXSHT tinchlikparvar kontingentini Olmaotadan olib chiqish boshlandi. Qozog‘iston mudofaa vaziri nomidan harbiylarga minnatdorchilik bildirildi, ayrimlari «Xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun» medallari bilan taqdirlandi.

KXSHT kontingenti Qozog‘istondan 2 kundan keyin chiqib ketishni boshlaydi — prezident
11 yanvar 2022, 15:23

KXSHT kontingenti Qozog‘istondan 2 kundan keyin chiqib ketishni boshlaydi — prezident

KXSHTning Qozog‘istondagi asosiy missiyasi yakunlandi, kontingentni olib chiqish 2 kundan keyin boshlanadi va bu jarayon 10 kundan oshmaydi, dedi prezident Qasim-Jomart Tokayev. Uning ta’kidlashicha, ittifoqchilarga murojaat qilish vaqtida hukumat Olmaota, keyinchalik esa mamlakat ustidan nazoratni butunlay yo‘qotishi mumkin edi. Prezident Milliy xavfsizlik qo‘mitasi terrorchilik tahdidining oldini o‘z vaqtida bartaraf eta olmaganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan saboq chiqarishi kerak — Aleksandr Lukashenko
10 yanvar 2022, 14:07

O‘zbekiston Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan saboq chiqarishi kerak — Aleksandr Lukashenko

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT sammitida so‘zlagan nutqida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealardan birinchi navbatda O‘zbekiston saboq olishi kerakligini, chunki tartibsizliklar tashkilotchilari unga ko‘z tikib turganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Qozog‘istondagi vaziyat nafaqat tashqi, balki ichki omillarga ham bog‘liq ekanligini aytdi.

KXSHT Qozog‘istonga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi
6 yanvar 2022, 03:03

KXSHT Qozog‘istonga tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi

KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi Qozog‘iston prezidenti murojaatidan so‘ng, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida «Kollektiv tinchlikparvar kuchlarni vaqtinchalik missiya bilan yuborishga» qaror qildi.

Toqayev KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan «terrorchilik tahdidini» bartaraf etishda yordam so‘radi
6 yanvar 2022, 02:25

Toqayev KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan «terrorchilik tahdidini» bartaraf etishda yordam so‘radi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklarni xalqaro terroristik agressiv harakat deb atadi va KXSHTga a’zo davlatlar rahbarlaridan yordam so‘radi. U aksilterror operatsiya boshlanganini ma’lum qildi va Olmaotada aeroport qo‘lga olinganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar yaqinida Mudofaa vazirligining havo-desant bo‘linmalari bilan jang ketmoqda.

Toshkent KXSHTga qaytish zaruriyatini ko‘rmayapti — Abdulaziz Kamilov
22 oktabr 2021, 19:14

Toshkent KXSHTga qaytish zaruriyatini ko‘rmayapti — Abdulaziz Kamilov

O‘zbekiston hukumati hozircha KXSHTga qaytish zaruriyatini ko‘rmayapti, aniq tahdidlarni aks ettirish vazifasi bor, deya ma’lum qildi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov. «Biroq hodisalar, vaziyatning qanday rivojlanishini Xudo biladi. Hamkorlik shakllari ham o‘zgarishi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 sentabr 2021, 20:45

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘onistonda xorijiy vizalar «qora bozori» shakllanayotgani, Xitoyda 1 mlrddan ortiq aholining COVID-19'ga qarshi to‘liq emlangani, SpaceX birinchi tijorat ekipajini orbitaga olib chiqqani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
9 sentabr 2021, 20:56

Jahon yangiliklari dayjesti

KXSHTning o‘z kuchlarini zamonaviy qurol va texnika bilan jihozlayotgani, KXDR tashkil etilganining 73 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«„Tolibon“ bilan konfrontatsiya og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin» — KXSHT bosh kotibi
23 avgust 2021, 23:05

«„Tolibon“ bilan konfrontatsiya og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin» — KXSHT bosh kotibi

KXSHT Panjsher provinsiyasini o‘z qo‘lida tutib turgan kuchlarni «Tolibon»ga qarshilik qilishni to‘xtatishga chaqirdi. ««Tolibon» harakatiga qarshilik o‘choqlari uzoq muddatli fuqarolik urushini keltirib chiqarishi mumkin», — dedi tashkilot bosh kotibi.

Afg‘oniston harbiylarini O‘zbekistonga qabul qilish bo‘yicha murojaat bo‘lmagan — Sherzod Asadov
12 iyul 2021, 13:22

Afg‘oniston harbiylarini O‘zbekistonga qabul qilish bo‘yicha murojaat bo‘lmagan — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov KXSHT tomonidan O‘zbekiston hududiga harbiy bazani joylashtirish bo‘yicha taklif kelib tushmaganligini ma’lum qildi. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, AQSh tomonidan afg‘on hukumati askarlarini vaqtincha O‘zbekiston hududiga qabul qilish bo‘yicha taklif ham kelib tushmagan.

Tojikiston Afg‘onistondagi vaziyat tufayli KXSHTdan yordam so‘radi
8 iyul 2021, 12:11

Tojikiston Afg‘onistondagi vaziyat tufayli KXSHTdan yordam so‘radi

Tojikiston KXSHTga Afg‘oniston bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirishga yordam berish iltimosi bilan murojaat qildi. Avvalroq, KXSHT agar Tojikiston siyosiy, harbiy va harbiy-texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilsa qo‘llashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting