«korrupsiya» tegli maqolalar


1 dekabr 2020, 16:04

Toshkent shahar ma’muriy sud sudyalari va xodimlari 8 mlrd so‘mni talon-taroj qilishdi

Toshkent shahar ma’muriy sudi sudyalari va xodimlari shahar YHXB xodimlari bilan 5 mingga yaqin soxta qaror chiqarib, 8 mlrd so‘m pul mablag‘larni talon-toroj qilishgan. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

23 noyabr 2020, 19:00

Noqonuniy boylik orttirgan mansabdorlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga mansabdor shaxs tomonidan noqonuniy boylik orttirganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash taklif qilindi. Shuningdek, davlat xizmatchilari eng ko‘p korrupsiyaga qo‘l uradigan sohalar ro‘yxati shakllantiriladi.

19 noyabr 2020, 11:19

9 oy ichida 647 nafar mansabdor shaxs korrupsiya uchun javobgarlikka tortildi

So‘nggi 9 oy ichida korrupsiya holatlari yuzasidan 838 ta jinoiy ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ular bo‘yicha 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi, 626 nafari esa shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi. Ushbu korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.

9 noyabr 2020, 17:26

«Biror vazirlik yoki hokimiyat moliyaviy nazoratdan ustun bo‘lmasligi kerak» — Timur Ishmetov

«Biror vazirlik yoki hokimiyat davlat moliyaviy nazoratidan ustun bo‘masligi kerak, ungacha foydasi yo‘q», — dedi moliya vaziri Timur Ishmetov. Ma’lum bo‘lishicha so‘nggi ikki yilda 2477 nafar shaxs 371 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan. Hozirda ular qonun oldida javob bermoqda.

7 noyabr 2020, 13:42

Bojxona posti boshlig‘ining uyidan 310 ming dollardan ortiq mablag‘ topildi

Bosh prokuror «Ark Buloq» bojxona postining sobiq rahbari hibsga olinganini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, mansabdorning uyida tintuv o‘tkazilganda, 311 ming dollar naqd pul topilgan. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlardan foydalanib, u «Tashkent City» da ikkita uy va noturar joy, Captiva sotib olib, uy qurgan.

7 noyabr 2020, 13:18

Bosh prokuror: 2 yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln so‘mdan oshdi

Xalq banki va Mikrokreditbank boshqaruvining sobiq raisi bir qator korrupsiya jinoyatlarida, shu jumladan AQSHda yashirinayotgan shaxs bilan til biriktirishda ayblanmoqda. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil ichida turli banklarning 166 mansabdor shaxslari javobgarlikka tortilgan.

24 oktabr 2020, 18:14

«Korrupsiya bilan oldingi tizim ko‘plarga ma’qul. Bo‘lmaydi boshqa» — prezident

Shavkat Mirziyoyev orqada qolayotgan korxonalar faoliyatini tanqid qildi va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanmayotgan tarmoqlar va hududlar rahbarlari ishdan bo‘shatilishi va sudga tortilishi haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Korrupsiya bilan oldingi tizim ko‘plarga ma’qul. Bo‘lmaydi boshqa». Prezident, shuningdek, davlat korxonalari bilan O‘zbekiston o‘z maqsadlariga erisha olmaydi, deb hisoblaydi.

15 oktabr 2020, 21:52

Bir qator hududlarda hokim o‘rinbosarlari katta miqdorda pora olayotganda ushlandi

Prezident boshchiligidagi selektorda korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan mansabdorlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, Qibray tumani hokimi o‘rinbosari 35 ming, Toshkent hokimligi qoshidagi boshqarma boshlig‘i 1,4 mln, Marhamat tumani hokimi yordamchisi 29 ming, Buvayda hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar olayotganda ushlangan.

1 oktabr 2020, 13:30

Toshkentda nomzoddan 3000 dollar so‘ragan tuman kengashi deputati qo‘lga olindi

Toshkentda tuman kengashi saylovida yordam berish uchun nomzoddan 3000 dollar so‘ragan deputat qo‘lga olindi. Mamlakatdagi boshqa korrupsiya holatlari haqida ham xabar qilindi.

22 sentabr 2020, 18:05

«Korporativ javobgarlikni rivojlantirishimiz kerak» — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov mamlakatda yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi institutini joriy etish bo‘yicha rejalar haqida ma’lum qildi. Vazir AQSH va Niderlandiya hukumatlariga katta miqdorda jarimalar to‘lagan O‘zbekistondagi mobil operatorlar bilan bog‘liq korrupsion mojarolarni misol qilib keltirdi.

20 avgust 2020, 17:53

Maktabgacha ta’lim tizimida 48,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan — Hisob palatasi

Hisob palatasi 2,5 yil davomida maktabgacha ta’lim tizimida 48,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqladi. Ularning 7,2 mlrd so‘m quyi bo‘g‘inlarda mansabdorlar tomonidan talon-toroj qilingan. Bolalar uchun 2,2 mlrd so‘mga yaroqsiz «saryog‘», 10,1 mlrd so‘mga shubhali go‘sht sotib olingan.

20 avgust 2020, 14:09

Korrupsiya haqida xabar qilganlarga pul mukofoti beriladi

Bosh prokuratura korrupsiya haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti berilishini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, pul mukofoti miqdori pora, yetkazilgan zarar miqdori yoki o‘g‘irlangan mulk qiymatiga bog‘liq holda — bazaviy hisoblashning 3 baravaridan summaning 10−15 foizigacha beriladi.

10 avgust 2020, 17:47

Andijonda kafedra dotsenti 2 ming dollar olayotganda ushlandi

Andijon viloyatida institutga kiritish evaziga 2 ming dollar olgan kafedra dotsenti firibgarlik ustida ushlandi.

7 avgust 2020, 20:42

«Oliy ta’limda korrupsiya holatlari deyarli barcha bosqichlarda mavjud» — Tanzila Norboyeva

Senat rahbari Tanzila Norboyeva oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya tufayli O‘zbekistonning birorta ham oliygohi dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kira olmaganini ma’lum qildi.

4 avgust 2020, 14:56

Ispaniyaning sobiq qiroli korrupsion mojaro sababli mamlakatni tark etdi

Korrupsiya mojarosi markazida qolgan Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlos I mamlakatni tark etdi. Ispaniya prokuraturasi u Saudiya Arabistonida temir yo‘l qurilishi vaqtida pullarni o‘g‘irlagan, degan gumonda.

28 iyul 2020, 12:28

«Biz biror bir fermer manfaatini buzganimiz yo‘q» — Sulton Tex Group

Sulton Tex Group klaster atrofidagi voqealarga munosabat bildirgan qishloq xo‘jaligi vaziriga javob qaytardi — «Klasterlar uchun huquqiy me’yoriy hujjat bo‘lmasa, bizning aybimiz nima?»

20 iyul 2020, 22:40

Prezident — arxitektura va qurilish sohasidagi korrupsiya, shuningdek, raqamlashtirishning zarurligi haqida

So‘nggi ikki yilda davlat dasturlari doirasida 3 mingdan ziyod qurilishdan atigi 182 tasida tender o‘tkazilgan. Chunki tender jarayonlari murakkab va unda narx arzonligi birlamchi. Qurilish tashkilotining malakasi, sifat masalasi past o‘rinlarda qolib ketgan. Prezident 1 noyabrgacha qurilish korxonalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari, to‘lov qobiliyati, davlat xaridlari, ishchi-xodimlar malakasi kabi ma’lumotlarni qamrab oluvchi yagona platformani ishga tushirish vazifasini qo‘ydi.

3 iyul 2020, 19:36

Hozarasp tumanidagi maktab va O‘zDJTSU o‘qituvchilari pora bilan qo‘lga tushdi

Xorazmda 6 ming dollar bilan qo‘lga tushgan o‘qituvchidan 3,5 mingini olgan universitet o‘qituvchisi Toshkentda ushlandi

3 iyul 2020, 14:23

Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

“O‘zbekiston 24” telekanali Yangiyo‘l tuman IIB xodimi 10 ming dollar, SamDU katta o‘qituvchisi va xodimi 6000 dollar hamda SamDCHU o‘qituvchisi 2000 dollar pora olayotganda ushlangani haqida xabar qildi.

30 iyun 2020, 23:17

Prezident — odil sudlov, korrupsiya, xususiy mulk himoyasi to‘g‘risida

Huquqni muhofaza qilish organlari rahbar xodimlari “Inson qadr-qimmati — eng oliy qadriyat” maxsus kursi bo‘yicha o‘qitiladi, deyiladi prezident ishtirokidagi yig‘ilishda. Davlat rahbari sud tizimini “bir sud — bir instansiya” tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqish, “nazorat tartibida ishlarni ko‘rish” amaliyotidan voz kechish, yerga bo‘lgan huquqlar kafolatini kuchaytirish, odil sudlov va korrupsiya reytingini joriy etish, advokatlar rolini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting