5 yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Rossiyaning — Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrad va Nijniy Novgorod, Qozog‘istonning — Chimkent, Chexiyaning — Praga, Kanadaning — Ottava, Koreya Respublikasining — Pusan shaharlarida Bosh konsulxona ochishi kutilmoqda.
Xorijdagi konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan fuqaro yashash uchun mablag‘larsiz qolganda, muassasaga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin. Muassasa 2 ish kunida fuqarodan arizani qabul qiladi va Tashqi ishlar vazirligining roziligiga ko‘ra fuqaro bilan qarz shartnomasi tuziladi hamda oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to‘lov o‘tkaziladi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting