«konstitutsiyaviy islohot» tegli maqolalar


24 noyabr 2022, 20:31

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi qayta ishlashga yuborildi

Deputatlar Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritishni davom ettirishga qaror qildi. Faqat birgina deputat (ehtimol, Alisher Qodirov) qarshi ovoz berdi. Prezident taklifiga ko‘ra, loyiha 8 dekabr — Konstitutsiyaning 30 yilligida qabul qilinishi kerak edi. Endi referendumni ushbu sanagacha o‘tkazishga ulgurishmaydi.

28 iyun 2022, 15:13

«83% respondentlar konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi» — Ijtimoiy fikr

Ijtimoiy fikr markazi o‘tkazgan so‘rovnomada respondentlarning 83 foizi «konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi va zamonaviy sharoitlarda Konstitutsiyani takomillashtirish zaruriyatini e’tirof etishini» ma’lum qildi. 47,2% respondent esa Bosh qonunni takomillashtirishda ishtirok etishni xohlaydi.

25 iyun 2022, 15:28 1

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar loyihasi ommaviy muhokamaga qo‘yildi

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi «Bu mening Konstitutsiyam» portalida ikki tilda e’lon qilindi. U PDF formatida joylashtirilgan bo‘lib, alohida moddalarga izoh qoldirish imkoniyati mavjud emas. Lekin fuqarolar o‘z fikrlarini yozib qoldirish imkoniyatiga ega. Muhokama 10 kun davom etadi.

20 iyun 2022, 17:13

Fuqarolarga qonunchilikka oid takliflarini Oliy Majlisga kiritish huquqi berilishi mumkin

100 ming kishidan kam bo‘lmagan miqdordagi fuqarolar o‘z qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Prezident buning uchun Konstitutsiyada qonunchilik takliflarini kiritish institutini qayd etish taklifini ilgari surdi.

20 iyun 2022, 14:25

Shavkat Mirziyoyev prezidentning ayrim vakolatlarini Senatga o‘tkazishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev prezidentning Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Hisob palatasi rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish bo‘yicha vakolatlarini Oliy Majlisga o‘tkazishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki tashkilot avvalambor Senat oldida hisobdor bo‘lishi lozim.

20 iyun 2022, 14:10

«Miranda qoidasi» va «Xabeas korpus» tamoyillarini Konstitutsiyada aks ettirish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olinganda, unga huquqlarini tushuntirish bo‘yicha qoidani («Miranda qoidasi») va «Xabeas korpus» tamoyillarini Konstitutsiyada aks ettirish kerakligini ta’kidladi. Ushbu qoidalar O‘zbekiston qonunchiligida allaqachon belgilangan.

20 iyun 2022, 13:13

Prezident uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolat belgilashni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev «snos"larga barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolat belgilab qo‘yish kerakligini aytdi. «Sud qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak. Imorat buzilishga tushadigan bo‘lsa, bu uchun buzishdan oldin uning qiymatiga mos ravishda kompensatsiya to‘lanishi shart», — dedi u.

26 may 2022, 15:27 1

«Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha taklif yuborish qulay va inklyuziv bo‘lishi kerak»

Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi, deputat Bobur Bekmurodov Asosiy qonunni isloh qilish bo‘yicha takliflarni qabul qilish, saralash va qonun loyihasida aks ettirish jarayoni qanday amalga oshirilishini tushuntirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, takliflar veb-sahifa, Telegram-bot, pochta, davlat tashkilotlari orqali qabul qilinadi, tahlilchilar guruhi uni saralaydi va komissiyaga kiritadi. «Asosiy prinsip — bu taklif yuborish qulay va inklyuziv bo‘lishi kerak», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting