2024−2025 o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat bosqichi kirish imtihonlari bo‘yicha tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Ularni 4 usulda bilish mumkin.
1-avgust erta tongdan talabalar qatoridan joy olishga oshiqqan abituriyentlar OTMlarga kirish uchun test sinovlaridan o‘tishni boshladi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtdagi imtihon olinayotgan ikkita hududdan fotoreportaj tayyorladi. Video, foto.
2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi. Bunda abituriyentlarga to‘plagan balidan kelib chiqib, ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, akademik litseylarga qabulda yozma imtihon bekor qilinadi.
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, ayrimlaridan voz kechilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» kimlar qanday imtiyozlarga egaligi bo‘yicha ma’lumotlarni bir materialga jamladi. Ularning orasida zulfiyachilardan tortib, harbiy xizmatchilargacha bor.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 6-sinfdan a’lo bahoga o‘qigan bitiruvchilarga OTMga kirish imtihonida qo‘shimcha ball berish bo‘yicha taklifga izoh berdi. «Bolaning taqdiri nimaga faqat bir kun bilan hal bo‘lib ketishi kerak?», — dedi vazir. U ushbu tizimni joriy qilishda korrupsiyaning oldini olish uchun elektron kundalik yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.
Davlat test markazi rahbari Majid Karimov kirish imtihonlari xarajatlari 30 mlrd so‘mdan oshishini ma’lum qildi. Moddiy-texnik baza uchun sarflanadigan xarajatlar bunga kirmasligi aytildi. Karimovning so‘zlariga ko‘ra, DTMga o‘tgan yilgi qabul jarayonlarida 90 mlrd so‘m atrofida pul tushgan.
OTMga kirish testlari va abituriyentlarning bilimlarini baholash xizmatlari sifatini oshirish yo‘llaridan biri — sohani monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobatni rivojlantirish bo‘lishi mumkin. «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov mavjud test tashkiloti va u o‘tkazadigan testlar standartlari va sifati borasida fikr yuritadi.
OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar «byudjet»ga o‘tkazildi. Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari uchun qo‘shimcha grant o‘rinlari ajratilmoqda.
O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari yakunlari e’lon qilindi. Imtihonlarda 1,2 mln nafar (95,1%) abituriyent qatnashdi. 63 ming nafari esa kelmagan, 1187 nafari esa test sinovlaridan chetlashtirilgan. 90 nafar abituriyentda tana harorati 37 darajadan yuqori ekanligi aniqlangan.
«Metallurg» sport majmuasining futbol maydonida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti («MISiS») Olmaliq filialiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari 65 ta joyda bo‘lib o‘tadi. Toshkentda imtihonlar uchun «Paxtakor» stadioni, Milliy bog‘, Talabalar shaharchasi xiyoboni, «Ashxobod» sayilgohi va Botanika bog‘i tanlandi. Bu yil abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish joylari tashkil etilmaydi.
Koronavirusga chalingan abituriyentlar OTMlarga kirish imtihonlariga kiritilmaydi. Turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun test sinovlari imtihonlardan 4 kun o‘tgandan keyin alohida o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting