Janubiy Koreya razvedkasi KXDR yetakchisi qizi Kim Ju Eyni vorislikka tayyorlashni boshlagan, deb hisoblamoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay (taxminan 11 yoshda), u barcha muhim tadbirlarda, jumladan, raketa sinovlarida otasiga hamroh bo‘lmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma imzoladi. Hujjat ishtirokchilardan biriga tajovuz qilinganda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amur viloyatidagi “Vostochniy” kosmodromida Kim Chen In bilan uchrashdi. Shimoliy Koreya yetakchisi Putin va Rossiya rasmiylarining qarorlarini doimo qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Shimoliy Koreyada 1990-yillardan beri kuzatilmagan ocharchilik hukm surayotgan bo‘lishi mumkin. Bunga mamlakat iqtisodiyotining hanuzgacha liberallashtirilmagani va Kim Chen Inning koronavirus pandemiyasi tufayli hatto undan oldinroq boshlangan “yopiqlik siyosati” asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Shimoliy Koreya yadro quroli to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, «dushman kuchlar» tomonidan hujum tahdidi yuzaga kelganda, ulardan preventiv foydalanishga ruxsat berdi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRning yadroviy maqomi endi «qaytarib bo‘lmaydigan» ekanligini aytdi.
KXDR rahbari Kim Chen In harbiy ko‘rgazmaga tashrif buyurib, qurollar va tanklarni ko‘zdan kechirdi hamda harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlarini tomosha qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting